O'zbekiston respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi termiz agrotexnologiyalari va innovatsion rivojlanish instituti
O‘quv geografik kartalarining mazmuni va jihozlanish xususiyatlari
Download 249.27 Kb.
|
10-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kartografik tasvirlar ikki xil shaklda berilishi mumkin
- Geografik obyektlar
- O‘quv kartalarining matematik asoslari va komponovkasi
O‘quv geografik kartalarining mazmuni va jihozlanish xususiyatlari
O‘quv geografik kartalari har bir sinfga mo‘ljallangan dasturga muvofiq tuziladi. Bunday kartalarda o‘quvchining yoshi, hattoki o‘quvchi o‘qiydigan badiiy kitoblarda uchraydigan geografik obyektlar ham e’tiborga olinadi. Kartografik tasvirlar ikki xil shaklda berilishi mumkin: 1. Kartada tasvirlanadigan obyektlar shunday shartli belgi yoki rang bilan tasvirlanadiki, uni ko‘rish bilanoq shu obyekt to‘g‘risida tasavvur hosil qilish va uni ko‘z oldiga keltirish mumkin. Bunday shartli belgilar realistik tasvirlar deb yuritiladi. Dengizlar, ko‘llar, materiklar, orollar, o‘rmonlar, botqoqliklar, daryolar, kanallar, avtomobil yo‘llari va h.k.larning shartli belgilariga qarab, shu obyektlar to‘g‘risida aniq tasavvur hosil qilish mumkin. 2. Geografik obyektlar shartli ravishda qabul qilingan shartli belgilar yordamida tasvirlanadi. Shartli belgilar rangi ba’zan kartada tasvirlangan mazmunga to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, geometrik belgilar, harflar, strelkalar, chiziqlar, sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini ko‘rsatuvchi ranglar ana shundaydir. Realistik tasvirlarni o‘qish va tushunish oson. Shartli belgilarni o‘qish va tushunish birmuncha qiyin. Lekin kartalarda ikkalasi birgalikda ham, alohida ham tasvirlanishi mumkin. Barcha maktab o‘quv kartalarining tasvirlash xususiyati 2 turga bo‘linadi: 1. Realistik usulda tasvirlangan kartalarning aksariyati umum- geografik va tabiiy kartalardir. 2. Shartli tasvirlar bilan tuzilgan kartalar jumlasiga deyarli barcha maktab o‘quv mavzuli kartalari, geologik, landshaft, tarix kartalari kiradi. O‘quv kartalarining matematik asoslari va komponovkasi O‘quv kartalarining mayda masshtabliligi, ya’ni mayda masshtabli kartalarda Yer ellipsoididan tekislikka o‘tishda vujudga keladigan xatoliklarning mavjudligi bunday kartalarning matematik asosining muhim xususiyatlaridandir. Shuning uchun ham mayda masshtabli kartalarda o‘lchangan masofa, maydon, shakllar yer yuzasidagi holatidan ancha farq qiladi. O‘quvchilarga kartadan foydalanishni osonlashtirish maqsadida iloji boricha proyeksiyalarning va masshtablarning bir-biriga uyg‘un bo‘lishiga harakat qilinadi. Kartalarda berilgan kartografik to‘rning ahamiyati katta bo‘lib, kartada gorizont tomonlarini, obyektlarning o‘rnini, masofa va maydonlarni (sferik trapetsiya yordamida) aniqlashda juda zarur element hisoblanadi. Kartografik to‘r yordamida mahalliy vaqt va mintaqa vaqtini, kengliklarga bog‘liq bo‘lgan iqlim xususiyatlarini aniqlash mumkin. Nihoyat, kartografik to‘r yordamida Yer sharining sharsimonligi ham ko‘rsatilishi mumkin. Boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchi karta bilan o‘quvchilarni tanishtirar ekan, obyektning geografik o‘rnini kartaning ramkasiga qarab emas, balki meridian va parallellarga qarab aniqlash kerakligini aytadi. O‘qituvchi dastlab meridianlar, parallellar, ekvator, qutblar, tropik va qutbiy chiziqlarning nima ekanligini va ularning qayerlardan o‘tishini tushuntirishi kerak. Dastlab o‘quvchi kartografik to‘r yordamida globusda, kartada gorizont tomonlarini va nuqtalarning koordinatalarini aniqlay bilishi lozim, so‘ng o‘quvchi kartadagi gradus to‘ri bilan globusdagi gradus to‘rini taqqoslab, masofalarni kartada ham, globusda ham o‘lchab, xatolikni aniqlay bilsin. Yuqori sinfda o‘quvchilar bosh masshtab va xususiy masshtab, teng burchakli, teng oraliqli va ixtiyoriy proyeksiyalar to‘g‘risida dastlabki tushunchaga ega bo‘ladi. Shu asosda o‘quvchilarga bosh meridian va 180° li meridianlar yo‘g‘on chiziqlar bilan, tropik va qutbiy doiralar uzun chiziqlar bilan chizilganligi aytib o‘tiladi. Kartaning nomi uning shimoliy ramkasi tepasiga yirik shriftlar bilan yoziladi. Devoriy kartalarda legenda karta ramkasining bo‘sh joyida beriladi. Download 249.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling