O'zbekiston respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi termiz agrotexnologiyalari va innovatsion rivojlanish instituti
Kartani o‘qish va kartani tushunish
Download 249.27 Kb.
|
10-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geoinformatsion kartografiya
- NAZORAT SAVOLLARI
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Kartani o‘qish va kartani tushunish
Hozirgi vaqtda geografik kartalar ma’ruza vaqtida va amaliy mashg‘ulotlarda ko‘rgazmali qurol bo‘libgina qolmasdan, balki geografik voqea-hodisalarning tarqalishini ko‘rsatuvchi, ularni sifat va miqdor ko‘rsatkichlarida tasvirlovchi bilim manbayi hamdir. Geografiya faniga oid kitoblar singari kartalar ham geografik bilimlarni o‘rgatadi. Kitoblarda yer yuzasi so‘z bilan tasvirlansa, kartada obrazli-belgilar voqelikning modelini ko‘rsatadi. Lekin uni tushunib yetish uchun kartani bilish, tushunish kerak. Bu tushunchalar maktabdan boshlanadi. Kartani bilish uchun obrazli —belgi yordamida obyektlarning qayerda joylashganini bilish kifoya qilmaydi. Uni to‘laqonli bilish uchun kartani tuzish, o‘qish, tushunish, kartografik model tasavvuriga ega bo‘lmoq zarur. Kartani o‘qish va tushunish deganda kartadagi voqea va jarayonlarni o‘zaro bog‘laydigan, lekin mazmun jihatdan bir-biridan farq qiluvchi belgilarni tushunishni bilamiz. Kartada tasvirlangan voqea-hodisalarni shartli belgilar yordamida o‘qish degani bu hali karta mazmunini to‘liq tushunib yetish, degan gap emas. Buning uchun karta mazmuni to‘g‘risida ma’lum darajada nazariy geografik ma’lumotga ega bo‘lmoq kerak. Masalan, Surxondaryo vohasi tasvirlangan tabiiy-geografik kartalardan, uning shimol tomoni tog‘lar bilan o‘ralganligi, mamlakatimizning janubiy kengligida joylashganligi, suv obyektlarining mavjudligi (Surxondaryo, Sherobod daryosi, Janubiy Surxon suv ombori va Sherobod kanali), qish kunlari Geoinformatsion kartografiya Hozirgi vaqtda fanlar bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlar orqali bog‘lanib yechimi qiyin bo‘lgan muammolarni hal qilishda katta muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Natijada fanlar ichida yangi fanlar, yangi sohalar vujudga kelmoqda. Endilikda kartografiyada yangi mavzuli kartalar (resurs kartalari, ekologik kartalar, kadastr kartalari va b. kartalari) yaratish zaruriyati tug‘ilmoqda. Hozir informatika (ma’lumotlar majmuasi) jamiyatimizning barcha jabhalariga, jumladan kartografiya sohasiga ham kirib bormoqda. Yer haqidagi fanlarda informatikaning qo‘llanishi maxsus yo‘nalish — Geoaxborot sohasini keltirib chiqardi. Geoaxborotni prof. A.M.Berlyant shunday ta’riflaydi: u geosistemaning strukturasini, bog‘liqlikni, dinamikasini (o‘zgarishini zamon va makon bilan birligini) kompyuterda modellashtirish yo‘li bilan o‘rganuvchi ilmiy sohadir. Bu soha faqat geosistemada emas, balki texnologiya va ishlab chiqarishda ham ishlatilmoqda. GAT (Geografik axborot tizimi) avtomatlashtirilgan apparat sistemasi bo‘lib, makon ila zamon koordinatsiyalashtirilgan geoinformatsiyani yig‘uvchi, ishlov beruvchi, saqlovchi, tasvirlab beruvchi va tarqatuvchi ilmiy sohadir. GAT jamiyatni hududiy tashkil qilish va atrof-muhitni boshqarishda ularni tahlil qilish, baholash, bashorat qilish va inventarizatsiya qilishning ilmiy va amaliy yechimini topish uchun xizmat qiladi. GAT asosini avtomatik kartografik sistema tashkil qiladi, asosiy ma’lumotlar manbayi va hududlarning kartografik tasviri hisoblanadi. GATdagi «geografiya» atamasi bu yerda «makon» yoki «hudud» tushunchasini emas, balki tadqiqotning sistemaligi va majmualigini anglatadi. Dastlabki GAT 60-yillarning o‘rtalarida Kanada va AQSHda tashkil qilingan. Hozirgi vaqtda sanoati rivojlangan mamalakatlarda GATdan iqtisodiyot, siyosat, ekologiya sohasida, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda, tabiatni muhofaza qilishda, kadastrlashda, fan va ta’lim sohasida foydalanilmoqda. GAT global, mintaqaviy milliy va mahalliy masalalarni hal qilishda foydalanilmoqda. GATdan global, mintaqaviy, milliy va mahalliy masalalarni hal qilishda foydalanilmoqda. GAT orqali kartalar, aerokosmik suratlar, statistik, kadastr, gidrometeorologik va ekspeditsion ma’lumotlar yig‘ilib, ulardan kerakli joyda foydalanish mumkin. GATni tashkil qilishda xalqaro tashkilotlar (BMT, YuNEP) va boshqalar), davlat muassasalari, vazirliklar, kartografik, geologik, yer kadastri tashkilotlari, statistik tashkilotlar, xususiy firmalar, ilmiy tadqiqot institutlari va universitetlar qatnashmoqda. GATdan ishlab chiqarishda, yirik hajmdagi moliya, pul xarajatlarini hisoblashda foydalanilmoqda. Bundan tashqari, har xil sohalar bo‘yicha geoinformatsiya infrastrukturalari tashkil qilinib, telekommunikatsiya tarmoqlari bilan bog‘lanmoqda. «Geoinformatsion kartografiya — kartografiyaning bir tarmog‘I bo‘lib, geosistemaning modeli bo‘lgan kartalarni avtomatik ravishda tuzish va ulardan foydalanish, GAT texnologiyasi va geografik (geologik, ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqalar) bilimlar asosida o‘rganib undan foydalanishdir», deb ta’rif beradi prof. A.M.Berlyant. Demak, «Kartografik informatika» kartografiyaning maxsus bir GAT asosida 1993-yilda Qora dengiz chuqur va mukammal o‘rganilib, Bolgariya, Gruziya, Rossiya, Ruminiya, Turkiya va Ukraina mamlakatlarining kelishuviga asosan, GAT dasturi ishlab chiqildi va shu asosda ish olib borildi. 1999-yilga qadar Qora dengiz bo‘yicha juda zarur ma’lumotlar olinib, kerakli joylarda foydalanish imkoniyati yaratildi. Respublikamizda ham GAT yordamida yechimini topish mumkin bo‘lgan muammolar yetarlidir, ularning ba’zilarini, masalan, Orol dengizi, Yer kadastri, suv resurslari bo‘yicha muammolarni yechish borasida GATni tatbiq qilish maqsadga muvofiqdir. NAZORAT SAVOLLARI 1.Geografik kartalardan voqea-hodisalarning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarni olish tartibi qanday? 2. O‘quv kartalari va ularning qanday turlari mavjud? 3. O‘quv kartalari masshtablari bo‘yicha qanday turlarga bo‘linadi? 4. O‘quv geografik kartalari mazmuni va jihozlanish xususiyatlari bo‘yicha qanday turlarga bo‘linadi? 5. Kartografik tasvirlar necha xil shaklda berilishi mumkin? 6. O‘quv kartalari tasvirlash xususiyati bo‘yicha necha turga bo‘linadi? E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT Yer sharini umumiy maydoni qancha Download 249.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling