Tasnifi
Anemiya kasallik emas, balki qon tizimining birlamchi shikastlanishi yoki unga aloqasi bo’lmagan aksariyat kasallik va patologiyalar bilan bog’liq bo’lgan simptom sanaladi. Kamqonlikni tasniflash uchun amaliy maqsadga muvofiqlik tamoyilidan foydalanish qabul qilingan. Yuzaga kelgan klinik amaliyot quyidagi klassifikatsiyaga mos keladi:
O’tkir qon yo’qotish bilan bog’liq;
Qizil qon hujayralari ishlab chiqarilishining buzilishi bilan bog’liq: aplastik, temir tanqisligi, megaloblast, sideroblast turi, surunkali kasalliklar;
Qizil qon hujayralarining ko’p miqdorda shikastlanishi yoxud gemolitik anemiya.
Zamonaviy klassifikatsiya anemiyani differentsial tashxislash imkonini beradigan klinik-laboratoriya xususiyatlariga asoslangan. Anemik sindromning sabablarini aniqlash jarayonida tibbiy tadqiqotlar majmuini o’tkazishda «qonning ferritin zardobi» ko’rsatkichi alohida o’rin tutadi.
Qonda gemoglobin kontsentratsiyasining pasayishi ko’pincha eritrositlar sonining kamayishi va ularning sifat tarkibi o’zgarishi bilan yuz beradi. Har qanday anemiya qonning nafas funktsiyasi zaiflashuvi va to’qimalarning kislorod ochligi sezishiga olib keladi. Jins va yoshdan kelib chiqib, bir litri qondagi gemoglobinning (Hb) normal darajasi turlicha bo’lishi mumkin.
Yosh va jins
|
Hb chegarasi (g / l)
|
Hb chegarasi (g /%)
|
Bolalar (3 oy — 5 yosh)
|
110
|
11.0
|
Bolalar (5-12 yosh)
|
115
|
11.5
|
Bolalar (12-15 yosh)
|
120
|
12.0
|
Erkaklar (> 15 yosh)
|
130-160
|
13.0-16.0
|
Homilador bo’lmagan ayollar (> 15 yosh)
|
120-140
|
12.0-14.0
|
Homilador ayollar
|
110
|
11.0
|
Do'stlaringiz bilan baham: |