O‘zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti xalq tabobati dorivor o’simliklari fanidan amaliy mashg‘ulot uchun ilmiy-amaliy tarqatma materiali
Anemiyaning oldini olish uchun quyidagilarni bilish kerak
Download 1.16 Mb.
|
Quvvatsizlik va kamqonlikda dor o\'s
Anemiyaning oldini olish uchun quyidagilarni bilish kerak:Temir moddasiga boy mahsulotlar: (kunlik 15 mg): — Buyrak; — Dukkakli o‘simliklar va sabzavotlar; — Tofu (soya pishlog‘i); — Ismaloq; — Qizil rangdagi go‘shtlar; — Yashil bargli sabzavotlar; — Baliq; — Quruq mevalardan, turshak, yong‘oq, mayiz, tut va olxo‘ri qoqisi, o‘rik, олхўри qoqilari, Vitamin C ga boy mahsulotlar temir moddasining organizmga singishiga yordam beradi (masalan, apelsin sharbati, brokkoli, qulupnay, qizil qovoq qalampir (bulg‘or qalampiri, nama’takli choy singarilar). Ovqatlanayotganda choy, qaxva, sut singarilarni ovqat bilan birga iste’mol qilmaslik kerak, chunki tannin moddasini tutganligi sababli temir moddasining singishiga to‘sqinlik qiladi. Kalsiy va temir moddasini bir vaqtda qabul qilmaslik kerak. Organizmda B12 vitamini va folat javxari yetishmovchilik bo‘lmasligi zarur. Shifokor bilan maslahatlashgan holda temir moddasi vitaminini qabul qilish zarur. Ayniqsa, homilador ayollar odatdagidan ikki barobar ko‘p temir moddasini iste’mol qilishlari lozim. Olxo‘rini ko‘p iste’mol qilish qon таркибида qizil qon tanachalarining ko‘payishiga yordam beradi. Ovqatlanish mobaynida yoki ovqat bilan birga choy yoki qahva iste’mol qilmang, 25-30 daqiqadan so‘ng ichgan ma’qul. Chunki ovqatdagi organizm uchun zarur moddalarni so‘rilmasidanoq parchalab yuboradi. C vitaminiga boy mahsulotlar (apelsinsharbati, na’matakli choy) temir moddasining organizmga singishiga yordam beradi. Ibn Sino ismaloqni kamqonlikni davolashda ishlatgan: 1 osh qoshiq ismaloq o‘ti yoki bargi kukuni 200 gramm сувда 10 daqiqa qaynatilib, tindirib qo‘yiladi. Dokadan suzib, kuniga uch mahal ichiladi. Xalq tabobatida: behining bargi va po‘stlog‘idan қилинган damlama, shuningdek, limono‘t bargidan tayyorlangan damlama ham kamqonlikda foydalanadi. Bu xastalik asosan ayollar va bolalarda uchraydi. Bu kasallikka chalinganlarni davolashni suyuqlik isʼtemolidan boshlagan maʼqul. Bemor tuzalgunicha qaynatilgan turshak suvini choy oʻrnida muntazam ichib turishi zarur. Keyin naʼmatak va doʻlana qaynatmasi ham yaxshi shifo boʻladi. Shuningdek, kun oralatib quyidagi shifbobaxsh qaynatmani ichib turish tavsiya etiladi: 200 gr. turshakka teng miqdorda qizil lavlagini sabziday toʻgʻrab, unga taʼbga qarab. shakar qoʻshasiz va uch litr suvda u to ikki litr qolgunicha qaynatasiz. Qaynatmani oʻsha kunning oʻzida ichish maqsadga muvofiq. Kamqonlikni davolashda ikki choy qoshiq quruq naʼmatak mevasining ustiga bir stakon qaynoq suv quyasiz va damlab qoʻyasiz va buni kuniga uch martadan taomdan soʻng ichib turasiz. Xuddi shu usulda mayizli damlama ham tayyorlab ertalab nonushtadan yarim soat oldin ichish ham koni foyda. Ertalabki nonushtada paxta, pista yoki zaytun yogʻida qovurilgan piyozni suvi qochgan non bilan yeyish kamqonlikdan qutilishda yana bir davodir. Shuningdek, har kuni kamida 200 gr. qizil lavlagini suvda pishirib yeng, u qonni koʻpaytirish bilan birga tozalaydi ham. Kamqonlikda qovurilgan, goʻshtli taomlar, sut isteʼmol qilinmaydi. Goʻshtni iloji boricha qiyma holida yegan maʼqul. Shirinliklardan faqat asal, oqqand, shakar yeyish mumkin. Qandolatchilik mahsulotlari, qahva, kakao, turli pishiriqlar isteʼmoli mumkin emas. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling