O‘zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti xalq tabobati dorivor o’simliklari fanidan amaliy mashg‘ulot uchun ilmiy-amaliy tarqatma materiali


Download 1.16 Mb.
bet5/24
Sana16.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1361144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Quvvatsizlik va kamqonlikda dor o\'s

Rang ko’rsatkichi bo’yicha


Rang ko’rsatkichi (RK) eritrositning gemoglobin bilan to’yinganligini ko’rsatadi. Odatda, erkaklar va ayollar uchun uning me’yoriy ko’rsatkichi 0,86-1,1 ga tengdir. Ko’rsatkichga qarab, quyidagilar ajratiladi:

Gipoxrom


Gipoxrom — RK <0,86 (ba’zi manbalarga ko’ra 0,8 dan past):

  • Temir tanqisligi anemiyasi;

  • Talassemiya.

Normoxrom


Normoxrom — RK 0,86-1,1:

  • Gemolitik anemiya (qizil qon tanachalari nobud bo’lish darajasi ularning ishlab chiqarish tezligidan oshib ketganda);

  • Gemorragik (qon ketish oqibatida);

  • Suyak iligining neoplastik kasalliklari;

  • Aplastik anemiya;

  • Suyak iligidan tashqari onkologiyalar;

  • Eritropoetin ishlab chiqarishning kamayishi oqibatida rivojlangan kamqonlik.

Giperxrom


Giperxrom — RK > 1.1:

  • Vitamin B12 yetishmasligi;

  • Foliy kislotasi yetishmasligi;

  • Mielodisplastik sindrom.

Og’irlik darajasi bo’yicha


Gemoglobin miqdorining pasayish darajasiga qarab, anemiyaning uch turi farqlanadi:

  • Yengil — gemoglobin darajasi normadan past, biroq 90 g/l dan yuqori;

  • O’rtacha — gemoglobin darajasi 90-70 g/l oralig’ida;

  • Og’ir — gemoglobin darajasi 70 g/l dan kamroq.

Suyak iligining regenerativ qobiliyati bo’yicha


Bunday regeneratsiyaning asosiy belgisi periferik qonda retikulositlar (yosh qizil qon hujayralari) miqdorining ko’payishi sanaladi. Bu ko’rsatkich normada 0,5-2 foizni tashkil etadi.

  • Aregenerator (masalan, aplastik a-ya) — retikulositlar yo’qligi bilan ajralib turadi;

  • Giporegenerator (vitamin B12 va temir tanqisligi a-ya) — retikulositlar 0,5% dan past;


  • Download 1.16 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling