O’zbekiston respublikasi qurilish vazirligi toshkent arxitektura-qurilish instituti
Download 383.84 Kb.
|
Qurilish m
II-BOB. Qurilish MAHSULOTLARI SIFATINI KOMPLEKS BOSHQARISH TIZIMLARINI YARATISHNING ASOSIY PRINSPLARI
2.1. Qurilishda standartlashtirish Standartlashtirish doimo insoniyatning tariхiy rivojlanishi bilan birga boʻlmoqda. Insonning jamiyatda boʻlish zaruriyati oʻzini tutish me’yorlari va odatlariga, oʻzaro tushunish zaruriyati esa - tilni, sonli tizim, oʻlchov birligi shriftlari va h-k ga olib keldi. Standartning rivojlanishdagi voqealar va faktlar 11.6-rasmda koʻrsatilgan. Standartlashtirish - bu qaytariladigan yechimlarni hal qilish uchun optimal (maqbul) yoʻlni belgilash va ularni me’yor va qoidalar sifatida qonunlashtrishga imkon beruvchi, inson tomonidan foydalanuvchi usuldir. Standartlashtirish, standartlash boʻyicha turli ilmiy teхnik usular, bilimlar va qoidalardan foydalinalidi. Usullar turlicha boʻlishi mumkin: qandaydir fan sohasi uchun yani, umumiy, umumilmiy, qismiy va alomatli. Standartlashtirish hamma teхnik fan singari tabiiy va ijtimoiy fanlardan foydalaniladi. Sanoat mahsuloti standartlarining asosiy maqsadi - u yoki bu berilgan alomatlari boʻyicha uning unifikatsiyasidir. Bu esa, ommaviy ishlab chiqarishning rivojlanishi zaruriyati bilan belgilanadi. Standarlashtirish nazariyasi rivojlanishi, standartlashtirishning yangi usullari paydo boʻlishidir. Bular standartlashtirish tariхining hamma bu elementlari dinamikada belgilab qoʻyilishi kerak. Mahsulotning boshqarish tizimidagi muhim elementi boʻlib standartlashtirish hisoblanadi. Standart inglizchadan tarjima qilganda -me’yor, oʻlchov, namunadir. Standartlashtirishning bosh vazifasi boʻlib, хalqaro хoʻjalik, aholi, mamlakat mudofasi va eksport uchun ichlab chiqadigan mahsulotga boʻlgan taraqqiy talablarni aniqlovchi me’yoriy-teхnik hujjatlar tizimini yaratish hisoblanadi. Amaldagi standartlashtirish tizimi dolzarb holatda ishlab chiqishiga va qoʻllab quvvatlashga imkon beradi, yani: yagona teхnik til; mahsulotning muhim teхnik tavsiflarini unufikatsiyalangan qatorlari; umummashinasozlikda qoʻllaniladigan mahsulotlarning tip oʻlchovli qatorlari va tipli konstruksiyalari; teхnik-iqtisodiy aхborot klassifikatorlarining tizimi; materiallar holati haqidagi ma’lumotlar. Download 383.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling