O’zbekiston respublikasi qurilish vazirligi toshkent arxitektura-qurilish instituti
Download 383.84 Kb.
|
Qurilish m
2.2. Mahsulotning sertifikatsiyasi
Sotib olish paytida muhim muomma paydo boʻladi. Sotib olinayotgan mahsulot tekshirilib koʻrilganmi, ob’yektiv darajada sinalganmi va standartlarga qoʻyilgan talablarga javob beradimi, ya’ni mahsulot sertifikatsiyasi muommalari paydo boʻladi. Mahsulot sertifikatsiyasini oʻzi nima? Sertifikatsiya bu mahsulotning qoʻyilgan talablariga qati’yan mos kelishiga ishonlchi kafolatdir, shu bilan birga mahsulot sifatini oshirishda samarali vosita va rag‘batdir. Sertifikatsiyalash hukumat va nohukumat tashkilotlari nazorati ostidan oʻtkaziladi. Sertifikatsiyalash boʻyicha ishlar asosida qator tamoyilli qoidalar bor, ular quyidagilar: mahsulot iste’molchilar manfaatiga, mamlakat qonuniga javob berishi boʻyicha mezonlar tanlash; bir-biridan farqlanadigan sertifikatsiya tizimlaridan birini tanlash; mahsulot ishlab chiqarishning teхnologik jarayoni, mahsulot sifatini boshqaruv tizimidan foydalanish, uning harakatini baholsh va nazorat qilishni oʻzgarmasligi; sertifikatsiya boʻyicha ishlarni sinov oʻtkazish va natijalarni bog‘liqmasligi. Sertifikatsiya quyidagi maqsadlaga erishish uchun yoʻnaltiriladi (11.7- rasm). Tizimning markaziy organi jinsli mahsulotlar sertifikatsiyasi tizimida rahbarlik qiluvchi organdir. Sertifikatsiya boʻyicha organ - belgilangan talablarga mahsulotning mos kelishini oʻtkazuvchi organdir. Oʻzbekiston Respublikasida sertifikatsiyaning me’yoriy asosini standartlar majmuasi tashkil qiladi: RSTUZ 5.0-98, RSTUZ 5.1-95, RSTUZ5.2-93, RSTUZ 5.3-82, RSTUZ 5.4- 93, RSTUZ 5.5-93 va sertifikatsiyaning Milliy tizimining rahbarlik хizmatlari. Sertifikatsiyaning Milliy tizimda quyidagi faoliyat turi nazarda tutilgan: mahsulot va хizmat sertifikatsiyasi; sifat va ishlab chiqaruv tizimi sertifikatsiyasi; sinab koʻrish tajribaxonalarining akkreditatsiyasi; turdosh mahsulot sertifikatsiyasi boʻyicha organlar akkreditatsiyasi; sifat va ishlab chiqaruv tizimining sertifikatsiyasi boʻyicha organlarning akkredititsiyasi; nazorat organlarining akkreditatsiyasi; sertifikatsiyalangan mahsulot ustidan nazorat inspeksiyasi; majburiy sertifikatsiya qoidalariga rioya qilinishi boʻyicha nazorat; faoliyatning qayd qilingan yoʻnalishlar boʻyicha eksport auditorlar tayyorlash va attestatsiya qilish. Tarmoq korxonalari tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotlarning raqobatdoshligi hamda eksport salohiyatini oshirish maqsadida xalqaro talablarga javob beruvchi sifat boshqaruvi tizimlarini joriy etishga alohida e`tibor qaratilayotgani tufayli bugungi kunga kelib, kompaniyaning 30 ta korxonasida ISO 9001:2008 xalqaro sifat menejmenti tizimi yoʻlga qoʻyildi. 2016 — 2017 yillarda “Oʻzstandart” agentligi bilan kelishilgan holda, yana 7 ta korxonada ISO 9001 sifat menejmenti, 2 ta korxonada esa ISO 50001 energiya menejmenti tizimlarini qoʻllash koʻzda tutilmoqda. Joriy yilda ISO 9001 sifat menejmenti tizimini “Jahongir Servis” MCHJ, “Ohangarontsement” AJ, “Quvasoytsement” AJda, ISO 50001 energiya menejmenti tizimini “Buxorogips” QK AJda tatbiq qilish belgilangan boʻlib, hozirgi paytga qadar “Buxorogips” QK AJ va “Quvasoytsement” AJga qaytadan sertifikatlar berildi. XULOSA Investitsiya faoliyati investorning investitsiya resurslarini investitsiya obyektiga safarbar qilishga asoslangan bo'lsa, bu faoliyat investorning maqsadini tashkil etish va boshqarishni taqozo etadi. Investitsion faoliyatni moliyaviy boshqarish zarurati shu bilan izohlanadiki, investitsiya faoliyatiga har qanday investitsiya, pirovardida, investorning manfaatlarini avtomatik tarzda ta'minlay olmaydi. Biz bilamizki, investorlar har doim o'zlarining investitsiya faoliyatidan katta foyda va imtiyozlarni qidiradilar. Bu orqali ular o'z kapitalini ko'paytirishni va bozor tavakkalchiligi ostida uni qiymatini yo'qotishdan himoya qilishni istashadi. Buning uchun ular o'z sarmoyalarini eng maqbul investitsiya loyihasiga yo'naltirish va uning harakat ini muntazam ravishda boshqarish orqali o'z maqsadiga erishishga intiladi. Investitsion faoliyat investitsiya faoliyati subyektlari tomonidan investitsiya faoliyati obyektlariga yo'naltirilgan investisiya resurslari bilan bog'liq holda vujudga keladigan munosabatlarni o'zida mujassam etgan bo'lsa, bu faoliyat investorlarning aniq maqsadlaridan kelib chiqib vujudga keladi va rivojlanadi. Shu bilan birga, qurilishi va foydalanishi qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena, radiatsiyaviy, ekologik, arxitektura va boshqa talablarga javob bermaydigan, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar manfaatlarini buzuvchi obyektlarga investitsiya kiritish taqiqlanadi. Bunday obyektlarni davlat ahamiyatiga molik ob'ektlar sifatida boshqa subyektlar tomonidan investitsiya qilinishi qonuniy ravishda taqiqlanadi. Download 383.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling