Ixtisoslashtirish ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning shakli sifatida: tarmoqli, detalli va texnologik kabi uchta asosiy turga ega bo‘ladi. Tarmoqli Detalli Texnologik Tarmoqli ixtisoslashtirishni kengaytirish xalq farovonligini ta’minlashga yo‘naltirilgan yashash va madaniy – maishiy soha bo‘yicha qurilishning o‘sib borayotgan masshtablari bilan shart – sharoitlanadi. Bu esa qurilish tashkilotlari o‘z faoliyati sferasini detallashtira borib, ma’lum bir tarmoqqa tegishli bo‘lgan korxonalarda, masalan domenli sexlar, elevatorlar, yashash binolari, ijtimoiy va madaniy vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan ob’ektlarga jamlanadi. SHuningdek, qurilish tashkilotlarini tarmoqli ixtisoslashtirish, tarmoqlarning spetsifikasiga, ishlab chiqarish texnologiyasining jihatlariga, bino va inshootlarning konstruktiv echimlariga, ularni qurish texnologiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Qurilishda ixtisoslashtirishning ikkita shakli mavjud: birinchi shakl tarmoqli, yoki ob’ektli - bo‘ shakl xo‘jalik jihatdan mustaqil ixtisoslashgan tashkilotlarning yaratilishida o‘z ifodasini topadi, bu tashkilotlar xalq xo‘jaligining alohida tarmoqlari – sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi – yoki sanoatning alohida tarmoqlari – metallurgiya, kimyo, ne’ft va shu kabilar uchun korxonalar va ob’ektlar qurilishini bajaradi; ikkinchi shakl texnologik yoki bosqichli – bu shakl qurilish va montaj ishlarining bir jinsli turlari yoki komplekslarini bajarishga ixtisoslashgan xo‘jalik jihatdan mustaqil bo‘lgan qurilish tashkilotlarini yaratishda o‘z ifodasini topadi. Bu tashkilotlar masalan, sanitar – texnik, elektromontaj, jihozlarni montaj qilish va shu kabi ishlarni bajaradi. Dastlab qurilishda tarmoqli ixtisoslashtirish vujudga keldi. Texnologik belgilar bo‘yicha ixtisoslashtirish esa sanoat qurilishida texnologik montaj qilish va jihozlarga tegishli bo‘lgan boshqa ishlarni amalga oshiradigan tashkilotlarning tashkil etilishi bilan boshlandi. Hozirgi vaqtda ixtisoslashgan qurilish – montaj tashkilotlari turli yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular yuqori saviyali kadrlar va bu yo‘nalishlar bo‘yicha ixtisoslashgan moddiy – texnik bazani o‘zida mujassamlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |