O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Toshkent arxitektura qurilish universiteti


Download 1.92 Mb.
bet5/5
Sana09.05.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1447669
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hamroyev Bahrom

04

Qurilishda ixtisoslashtirishning rivojlanish darajasini belgilovchi ko‘rsatkich ixtisoslashgan tashkilotlar ish hajmining pudratli qurilish – montaj ishlari umumiy hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Bosh pudrat bo‘yicha ixtisoslashtirishning umumiy darajasi (tashqi subpudratchi tashkilotlar va xususiy ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan bajarilgan ish hajmining bosh pudrat bo‘yicha bajarilgan ish hajmining nisbati) va xususiy kuchlar orqali bajarilgan ishlarlarning ixtisoslashganlik darajasi (xususiy ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan bajarilgan ish hajmining xususiy kuchlar orqali bajarilgan ishlar hajmiga nisbati) ko‘rsatkichlari qabul qilinadi.

Ixtisoslashtirish samaradorligiga quyidagi ko‘rsatilganlar evaziga erishiladi: - mehnatni ancha chuqurlashgan holda turlarga ajratish va shu asosda ishchilarning saviyasi va mohirligini oshirish; - qurilishda ishlab chiqarish texnologiyasi va ishlarni tashkil etishni takomillashtirish, ishlarni bajarishda mexanizatsiyalash darajasini oshirish, qurilish texnikasidan foydalanishni yanada yaxshilash uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni yaratish; - qurilish – montaj ishlari muddatini qisqartish, sifatini oshirish va tannarxini pasaytirish. Biroq shuni hisobga olish zarurki, tarmoqli va ayniqsa texnologik ixtisoslashtirish qurilish va montaj ishlarining hajmi profil bo‘yicha etarli bo‘lgan taqdirdagina ancha samarador bo‘ladi. Faqat shunday sharoitdagina qurilish tashkilotlari va korxonalari turg‘un faoliyat yuritish, yuqori mehnat unumdorligi va tegishli ixtisoslashgan jihozlardan hamda mexanizatsiya vositalaridan to‘liq foydalanishga erishishi mumkin.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling