O’zbеkiston Rеspublikasi Qurilish vazirligi Toshkent arxitektura qurilish instituti qurilishda menejment kafedirasi


“Afrosiyob-Kommunalchi” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining moddiy texnik bazasi va ularning ekspluatatsiyasi amaldagi holat taxlili


Download 112.05 Kb.
bet12/16
Sana16.06.2023
Hajmi112.05 Kb.
#1496285
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Baratov Shahobiddin kurs ishi

2.2. “Afrosiyob-Kommunalchi” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining moddiy texnik bazasi va ularning ekspluatatsiyasi amaldagi holat taxlili

“Afrosiyob-kommunalchi” Xususiy uy joy mulkdorlari shirkati yuridik maqomga ega bo’lgan mustaqil tashkilot bo’lib ,uning moliyaviy xo’jalik faoliyati tegishli 3 ta uy-joy fondini eksplutatsiya qilish va undan foydalanishni tashkil etishni ta’minlashga yo’naltiriladi. Shirkatning moliyaviy mablag’lari asosan shirkat a’zolarining majburiy badallari, xonadon egalarining ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’laydigan maqsadli to’lovlari, tadbirkorlik hisobidan daromadlar (ijaraga joy berish, tashqariga xizmat ko’rsatish, tegishli yerdan daromad olish


va boshqalar),kommunal to’lovlarni yig’ishda yordam ko’rsatish evaziga kommunal xizmatlar ko’rsatuvchi korxonalardan olingan daromadlardan, homiylik va vasiylik mablag’laridan tashkil topadi
Xususiy uy–joy mulkdorlari shirkatining moliyaviy mablag’lari uy-joy fondini foydalanishga yaroqli holda saqlash ,shirkat ishchi-hodimlari mehnatlariga haq to’lash va binoni capital ta’mirlash va qayta tiklash uchun zaxira fondiga mablag’ yig’ish uchun sarflanadi. Shirkat moliyaviy harajatlari asosan ikki guruhga :ishlab chiqarish xarajatlariga va ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlarga bo’linadi
Shirkatning moliyaviy faoliyatini tashkil etish boshqa korxona
va tashkilotlarnikidan keskin farqlanadi. Buning sababi xususiy mulkdorlar shirkat oldiga ikki muhim vazifani qo’yadilar. Birinchi vazifa uy-joy fondini talab darajasida eksplutatsiyaga yaroqli holda saqlash, barcha turdagi bajarilishi lozim bo’lagn joriy ta’mirlash ishlarini sifatli va o’z muddatida bajarilishini ta’minlash bo’lsa, ikkinchisi yashovchilardan yig’iladigan majburiy to’lovlar miqdorini kamaytirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Shu sababli shirkatning moliyaviy faoliyatini rejalshtirish yillik xarajatlar miqdorini o’rganishdan boshlanadi.
Shirkat xarajatlar smetasining birinchi variant turar joy binosining texnik
va sanitariya holatini baholash davomida aniqlangan va uy-joy mulkdorlari tomonidan xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yi bildirilgan. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan mo’ljallangan barcha ishlar xajmi (to’liq) ro’yxatini (rejaning birinchi loyihasini) bajarish ehtimoliga asoslanadi.
Xizmat ko’rsatish, saqlash, ta’mirlash va extiyot qismlarni almashtirishlar bo’yicha ishlarni xar xil uslubda baholash (muayyan turdagi ishning qiymati shirkat shtatidagi hodimlar tomonidan bajarilganda, yoki bir martalik shartnoma asosida yollanadigan mutaxassis bajarganda uning qiymati qanday bo’lishini aniqlash), orqali ishlar ijrosi rejalarining turli variantlari xarajatlarini aniqlash turli pudratchilar raqobatlashadigan bozorda bu ishning qiymati qancha turishini bilish tavsiya etiladi. Ijro turlari bo’yicha bajariladigan ishlarning to’liq ro’yxati va hajmi uchun xarajatlar smetasi.
Rejalashtirilayotgan davrda yirik xarajatlar ko’zda tutilayotgan bo’lsa, bu ishlar uchun xarajatlarning smetasini tayyorlash tavsiya qilinadi va uumumiy yig’ilishda, shirkatning yillik smetasini muhokama qilishda uni asoslashga yordam beradi.
Shirkat a’zolari umumiy yig’ilishi vakolatiga shirkat shtatidagi xodimlarning oylik miqdori va mehnatiga haq to’lash va mukofatlash to’g’risidagi Nizomni qabul qilish kiradi, shuning uchun shtat jadvali va ish haqi hajmi bo’yicha, shuningdek, shirkat hodimlarning har bir toifasi ,jumladan, shirkat mulkini malakali boshqarish uchun chetdan yollangan (yoki yollamoqchi) bo’lgan ijrochi director (boshqaruvchi) ni mukofotlash bo’yicha alohida takliflar tayyorlash tavsiya etiladi.
Smetaning Xususiy uy-joy mulkdorlar ishirkati xodimlari va jalb qilinadigan mutaxassislar mehnatiga haq to’lashni nazarda tutuvchi qismida maxsus fondlarga chegirmalar bilan bog’liq xarajatlarni ham ko’rsatish lozim.
Smeta loyihasida shirkatning ishlab chiqarishga oid bo’lmagan xarajatlarini ham ko’zda tutish lozim, shuningdek, kutilmagan xarajatlarga haq to’lash yoki badallarni vaqtida to’lanmasligini qoplovchi zaxira fondini ko’zda tutish tavsiya qilinadi
Ishlar rejasi hamda daromadlar va xarajatlar smetasini tuzishda shirkatning hisobot hujjatlarida foydalanilgan shakllardan foydalanish mumkin. Ishlar rejasining birinchi loyihasi bo’yicha barcha mo’ljallanayotgan xarajatlar summasi aniqlangach, shirkat yillik smetasining daromad qismi tuziladi va kelgusi yilga shirkat a’zolari majburiy to’lovlarining mo’ljallanayotgan hajmi hisoblab chiqiladi (ularga tegishli bo’lgan umumiy maydonning 1 kv.m. ga xizmat ko’rsatish tannarxidan kelib chiqqan holda)
Smetaning daromad qismi uning xarajat qismidan kam bo’lmaslig kerak Smetaning daromad qismi shirkat a’zolarining majburiy badallari (doimiy, oylik badallari), noturarjoylar mulkdorlarining binoni saqlash va ta’mirlashga qaratilgan badallari), noturarjoylar mulkdorlarining binoni saqlash va ta’mirlashga qaratilgan badallari, shirkatning boshqa daromadlari (masalan, xonalari jarasi va boshqa turdagi tadbirkorlik faoliyati) va xakazo tushumlar (masalan, homiylik yordami) hisobidan shakllanadi.
Shirkat a’zolarining yashashga mo’ljallanmagan (noturarjoy) xonalar mulkdorlarining majburiy to’lovlarini hisoblashda shirkatning qo’shimcha ravishda jalb qilinadigan daromadlarini e’tiborga olish kerak, ushbu qo’shimcha daromadlar ko’p bo’lsa, a’zolarining majburiy badallari hajmi kamayishi mumkin.
Majburiy badal miqdorini turar joy binosining 1 kv.m. maydoniga xizmat ko’rsatish tannarxini aniqlash formulasi asosida hisoblab chiqish mumkin. So’ngra joriy yilga mo’ljallangan majburiy to’lovlar hajmi o’tgan yilgi badallar miqdori bilan qiyoslanadi va xonala rmulkdorlarining bunday xarajatlarni qoplash uchun to’lov qobiliyati baholanadi .Agar shirkat boshqaruvi mulkdorlar rejalashtirilayotgan harajatlarni to’lashga layoqatli, deb topsa, daromadlar
va xarajatlar smetasi loyihasini (va tegishli ishlar rejasini) umumiy yig’ilish e’tiboriga havola qilish mumkin. Agar shirkat boshqaruvi rejalashtirilayotgan xarajatlarni to’lashga turar joylar mulkdorlarining ko’pchiligi layoqatli emas ,deb topsa, ishlar rejasi loyihasini takomillashtirish (qisqartirish) ustidagi ish davom ettiriladi.Bunday holda boshqaruv ayrimi ish turlarini kechiktirilgan ishlar ro’yxatiga o’tkazishi (ularning muhimlilik darajasini va shirkat a’zolari hohishini e’tiborga olib), yoki ayrim ish turlarini bajarish usullarini o’zgartirish haqida asoslangan qaror qabul qilishi lozim.Shu tarzda ishlar rejasining ikkinchi variant va tegishli xarajatlar smetasi (ishlar ro’yxati xajmini qisqartirib) ishlab chiqiladi.Rejalar va xarajatlar smetasi ishlar rejasi va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining moliyaviy resurslari mos kelmaguncha davom ettiriladi.Smetada albatta kelgusi capital ta’mirlashlar uchun markaziy fondiga to’lovni (hozirgi kunda umumiy to’lovlar miqdorining 30%) ko’zda tutilishi zarur.



Download 112.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling