O’zbеkiston Rеspublikasi Qurilish vazirligi Toshkent arxitektura qurilish instituti qurilishda menejment kafedirasi
Download 112.05 Kb.
|
Baratov Shahobiddin kurs ishi
Xulosa va takliflar
Kommunal soha korxonalarining moddiy-texnik bazasi va ularning ekspluatatsiyasini takomillashtirishning eng muhim bo’g’ini – bu uy-joy xo’jaligidir. Shaharning muhandislik tizimlari u bilan chambarchas bog’liq. Bozor munosabatlari sharoitida uy-joy fondidan foydalanish va uni mukammal ta’mirlashni moliyalash murakkablashib bormoqda, bunday holat kundan kunga materiallar, ish va xizmatlar narxlari, oylik maoshlar, soliq va boshqa chegirmalar miqdori oshib borayotgani bilan tushuntiriladi. Bu bir tarafdan davlatni insonlarni yaxshi yashashi uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratilishidagi rolini oshiradi, uylarni suv, issiqlik, elektr energiyasi, gaz va x.k. bilan uzluksiz ta’minlanishi, qishki mavsumga tayyorgarlik borasidagi muammolarni bartaraf etilishi doimo diqqat e’tiborda bo’lishini taqozo etadi. Uy-joy-kommunal xizmat sohasi – murakkab, ijtimoiy soha bo’lib, u insonlarga normal maishiy sharoitlarni, uylar va muhandislik kommunikastiyalarni o’z vaqtida ta’mirlashni ta’minlashi kerak, ya’ni insonni yashashi uchun barcha shart-sharoitlar va qulayliklarni ta’minlashi kerak. Hozirgi kunda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan uslubga muvofiq dunyodagi mamakatlarning taraqqiyot darajasi reytingi ularning iqtisodiy salohiyati yoki harbiy qudratiga qarab emas, balki aholi turmush madaniyati va inson resurslarining rivojlanish darajasiga qarab belgilanmoqda. Shu jumladan bizning mamlakatimizda ham aholi turmush darajasini yaxshilash eng oliy ustuvor maqsadlardan biri bo’lib xizmat qilmoqda. Uy-joy kommunal soha ishini takomillashtirish kommunal xizmatlarning ishonchliligini ta’minlash, yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilish, samarali mashina va mexanizmlarni seriyali ishlab chiqarilishini yo’lga qo’yish bilan bog’liq. Ularni ishlab chiqarish bilan Rossiya va MDH mamlakatlarining mashinasozlik, mudofaa va uy-joy-kommunal kompleksi shug’ullanadi. Kommunal sohasi texnikaning 60% dan ortig’i Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqariladi. Suv sepadigan, ko’cha yuvadigan, qum sochadigan, qor to’playdigan, qordan tozalaydigan mashinalar, kanalizatsiyalarni tozalaydigan mashina va mexanizmlar, nasoslar, kompressor stansiyalari, quduqlar qaziydigan traktorlar, axlat tashlaydigan mashinalar, avtosamosvallar va ko’pgina shu kabi mashina va mexanizmlar o’zlarini kelgusidagi texnika-foydalanish ko’rsatgichlarini takomillashtirilishini davom ettirmoqdalar. Turmushda foydalaniladigan maishiy texnikalar va asbob-uskunalar uy mehnatini yengillashtirishga, maishiy qulayliklar yaratishga mo’ljallangan. Maishiy texnika paydo bo’lgunga qadar bunday asbob-uskunalar, qurilmalar, jixozlar qo’lda yasalgan. Sobiq Ittifoq davrida maishiy asbob-uskunalar va mashinalar industriyasi barpo etilgan va doimo takomillashib borgan. Tikuv mashinalari, turli xildagi elektr asboblarini (muzlatgichlar, changyutgichlar, dazmollar, elektr choynaklar, elektr plitalarni) ommaviy ravishda ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan, ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashtirish rivojlangan. Masalan, muzlatgichlarning kompressorlari yirik mashinasozlik va asbobsozlik korxonalarida, maxsus zavodlarning sexlarida ishlab chiqarilgan. Shunday holatlar ma’lumki, qishloq joylarning ko’pgina aholisi, shuningdek, O’zbekistonning kichik va o’rta shaharlarining aholisi shaxsiy uylarda istiqomat qiladi. Maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari va xalq hunarmandlari tomonidan bunday uylarga moslashtirilgan mebellar, yog’ochdan ishlangan turli buyumlar (sandiqlar, qutilar, xontaxta, so’ri, beshiklar, aravachalar va h.k.) ishlab chiqarish keng o’zlashtirilgan. Hozirda yangi texnologiya va maishiy texnikani ishlab chiqarish korxonalari intensiv ravishda rivojlanmoqda. Yuzaga kelgan vaziyat, ya’ni maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari tasarrufidagi mashinalar va asbob-uskunalar servis xizmatini ta’mirlash bazasini rivojlantirishni taqazo etadi. Bozor munosabatlari sharoitida buning birdan bir tog’ri yo’li bu mayda, tarqoq joylashgan maishiy xizmat ko’rsatish korxonalarini yirik komplekslarga birlashtirish, ishlab chiqarish va boshqaruvni yagona mexanizmini bunyod qilishdan iborat. Ishlab chiqarishni konstentratsiyalash va ixtisoslashtirish yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan asbob-uskunalardan samarali foydalanish, yangi texnologik jarayonlar, xom-ashyo va materiallar, ish kuchini oqilona ishlatish masalalarini ijobiy hal qilish imkoniyatini beradi. Download 112.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling