1.O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil topishi.
2.Mudofa qobiliyatining mustahkamlanib borilishi
Reja:
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yaratilishida, Oliy qonunchilik organining muxim xujjati - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining 1992 yil 14 yanvardagi qarori xisoblanadi, unga ko‘ra sobiq SSSR Qurolli Kuchlarining O‘zbekiston xududida joylashgan barcha xarbiy qismlari, birlashmalari, xarbiy bilim yurtlari, xarbiy muassasalari va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi ixtiyoriga, yurisdiksiyasiga o‘tkazildi va ularning moddiy, material – texnik ta’minoti joriy etildi.
Mintaqada shakllangan xarbiy-siyosiy va xarbiy-strategik sharoitga ko‘ra va dunyoda kechayotgan siyosiy jarayonlarning rivojini taxlilidan kelib chiqib, 1992 yil 3- iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti «Mudofaa to‘g‘risida», «Umumxarbiy majburiyatlar va xarbiy xizmat» to‘g‘risida, «Muqobil xizmat» to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qildi. YOsh mustaqil davlat talablariga javob beradigan Qurolli Kuchlarining yaratilishida mustaxkam qonuniy poydevor yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi, davlat manfaatlarini ximoya etish uchun etarli bo‘lgan Qurolli Kuchlarini yaratdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Qurolli Kuchlarni yaratilishini boshlab bergan bir necha m’yoriy xujjatlar imzolandi. Ularning birinchilari qatorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 6 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari Vazirligi va Qurolli Kuchlar Bosh SHtabining yaratilishi» to‘g‘risidagi qarorning imzolanishidir.
- Ularning maqsadlari - bosqichma-bosqich professional armiyani yaratish, tarkibi bo‘yicha kam sonli, lekin xarakatchan, zamonaviy xarbiy texnika va qurol-yarog‘ bilan jixozlangan, O‘zbekiston xavfsizligini mustaqil va ishonchli ximoya etishga qodir armiyani yaratish edi. Quruqlikdagi qo‘shinlarning, korpus-brigada-batalon tashkiliy-shtat tizimiga o‘tkazish boshlandi, bunda taktik birlashma brigada xisoblandi, asosiy taktik element batalon bo‘lib qoldi. Bunday tizim yuqori manyovrchan xarakatlarni va jangovar tartiblarda operativ qurulishning ixchamligini ta’minlab, jang maydonida boshqaruvni engillashtirishga olib keladi.
Qurolli Kuchlar tashkiliy-shtat tizimidagi o‘zgarishlar.
Qurolli Kuchlarni qayta qurish uch bosqichda amalga oshirish rejalashtirildi. Birinchi davrda (1992-1993 yy.) kata o‘zgarishlar kiritish ko‘zda tutilmagan va kerakli texnika va qurol-yarog‘larga ega bo‘lgan quruqlikdagi qo‘shinlarning boshqaruv organlari joriy etildi. Ikkinchi davr (1994-1996 yy.) davomida polklarni brigadalarga aylantirish amalga oshirildi, xamda maxsus qo‘shin turlari qismlari va birlashmalari qayta tashkil etildi, va ular uchun oz miqdordagi mablag‘ talab qiluvchi qurol-yarog‘ va texnika sotib olindi.
Uchinchi bosqichda (1997-2000 yy.) yangi birlashmalar va qismlar tashkil etildi, anchagina miqdordagi mablag‘ talab qiluvchi qurol-yarog‘ va texnika sotib olindi va Qurolli Kuchlar tarkibiga aniqliklar kiritildi.
Мамлакатнинг мудофаа қобилияти мустаҳкамланади, Қуролли Кучларнинг жанговар қудрати оширилади. Бу ҳақда 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегиясини “Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили”да амалга оширишга оид Давлат дастури лойиҳасида айтилган.
Қайд этилишича, тегишли комплекс чора-тадбирлар дастури ишлаб чиқилади. Дастурда:
давлат ҳарбий хавфсизлигини таъминлаш бўйича янги қонун ҳужжатларини ҳисобга олган ҳолда Қуролли Кучларни қўллашни режалаштиришнинг норматив-ҳуқуқий асосларини янгилаш;
Қуролли Кучлар жанговар таркиби ва тузилиши сифат кўрсаткичларини такомиллаштириш;
ҳарбий кадрларни ўқитиш ва қайта тайёрлаш, ҳарбий хизматчиларнинг профессионал тайёргарлигини ташкиллаштиришнинг инновацион ёндашувларини ишлаб чиқиш;
Қуролли Кучлар миллий руҳини юксалтириш, аскар ва офицерларни жисмоний ва маънавий жиҳатдан баркамол этиб тарбиялаш тизимини такомиллаштириш;
мамлакат мудофаасини бошқариш миллий марказини яратиш ва фаолиятини таъминлаш;
илғор ахборот-коммуникация технологиялари асосида қўшинларни бошқариш тартибини такомиллаштириш;
қўшинларни 2018-2021 йилларда замонавий қурол-аслаҳа ва ҳарбий техникалар билан таъминлаш, уларни модернизация қилиш ва таъмирлаш бўйича комплекс дастурни сифатли ижро этиш;
давлат мудофаа буюртмаси ва мудофаага мўлжалланган маҳсулотларни ишлаб чиқаришни ташкиллаштириш соҳасида ягона давлат сиёсатини олиб бориш назарда тутилади.
Бажариш муддати - 2019 йил 10 апрель, ижро учун масъуллар - Мудофаа вазирлиги, ДХХ, Мудофаа саноати давлат қўмитаси, ФВВ, Миллий гвардия, Давлат божхона қўмитаси, вазирлик ва идоралар.
Etibotinggiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |