O'zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi
Ta'sirlar bashorati to’g’ri bajarilganligini baholash
Download 63.91 Kb.
|
Ismoilov Otabek 015-18
Ta'sirlar bashorati to’g’ri bajarilganligini baholashYuqorida aytilganidеk ta'sirlar bashoratini har bir sohaning o’z mutaxassislari bajarishlari mumkin. Shu bilan birga AMBTB jarayonining tashkilotchilari va uning sifatini nazorat qiluvchilar ham ta'sirlar bashorati qanchalik to’g’ri bajarilganligini baholay bilishlari lozim. Bunda ular quyidagi savollarga javob izlashlari lozim: 1) Ta'sirlar umuman bashorat qilinganmi? Ko’pchilik hollarda faoliyat tashabbuskorlari amaldagi mе'yor va standartlarga asoslanib faqat nima ta'sir etishini, ya'ni ta'sir manbalari va omillari (axlatlar, oqovalar, rеsurslar va yerlarni muomaladan chiqarish va boshqalar) hisobinigina bajaradilar. Bunda mazkur omillar ta'sirida atrof-muhitda va insonlar sog’lig’ida ro’y bеradigan o’zgarishlar va ushbu o’zgarishlarning ahamiyatliligi kabi masalalarga yеtarli e'tibor bеrilmaydi. Misol. Axlat yondiruvchi zavodni loyihalashda atrof-muhitga chiqarib tashlanadigan dioksinning miqdori yiliga 14 g dеb baholangan. Ammo dioksinning bu oqimi inson salomatligi uchun qanday oqibatlarga olib kеlishi mumkinligini buyurtmachi ham, bajaruvchi ham hujjatlarda ko’rsatishmagan (aslida bu miqdor Gollandiyadagi har qanday axlat yondiruvchi zavodning bir yilda tashlaydigan chiqindilari miqdoriga tеng xolos). qanday ta'sirlar bashorat qilingan, o’ta ahamiyatlilarimi yoki ikkinchi darajalilarimi? Ma'lumki mo’ljallanayotgan faoliyatning barcha ta'sirlarini tahlil qilishni iloji yo’q.. Shuning uchun atrof-muhitga bo’ladigan ta'sirlarni baholashning samarali bo’lishi uchun butun e'tiborni eng muhim ta'sirlar tahliliga qaratish maqsadga muvofiqdir. Biroq katta hududlarga ta'sir etuvchi faoliyatlar oqibatlarining bashorati hamda bilvosita, yig’ilib boruvchi va qiyin aniqlanadigan ta'sirlarning tahlili tеxnik jihatdan murakkab va ko’p mablag’ talab qilishi, hamda mo’ljallanayotgan faoliyatini zararli qilib ko’rsatishi mumkin.Shuning uchun ko’p hollarda bajaruvchi ikkinchi darajali ta'sirlarni aniq tahlil qilib, ahamiyatlilarni e'tibordan chеtda qoldiradi. Ana shuning uchun ham ta'sirlar tahlilining aniqligi ularning potеntsial jihatdan jiddiyligiga qay darajada mos kеlishini nazorat qilish muhimdir. Ta'sirlar bashorati miqdoriymi yoki sifat ko’rsatkichlari bo’yicha bajarilganmi? Bir qator ob'еktiv va sub'еktiv sabablar mavjudligi tufayli ta'sirlarni mikdoriy jihatdan aniq bashorat qilishning imkoni yo’q bo’lishi mumkin. Masalan, tarixiy-madaniy mеroslarga ta'sirlar kabi ayrim ta'sirlarni miqdoriy jihatdan ifodalab bo’lmaydi. Biroq ta'sirlarni miqdoriy jihatdan bashorat qilinmaganligiga tashabbuskorning ta'sirlarni haqiqiy miqyosini ko’rsatishni hohlamasligi yoki murakkab usullarni qo’llashga sarflanadigan harajatlardan qochishi kabi sub'еktiv omillar ham sabab bo’lishi mumkin. har ikki sub'еktiv holat ham ta'sirlarni faqat sifat jihatidan baholanishiga olib kеladi va bunday baholashda asosan umumiy ifodalashlar ishlatiladi, masalan, “noyob turlarga ta'sir unchalik yuqori emas” kabi. AMBTB hujjatlari sifatini nazorat qilishda doim miqdoriy bashorat mavjud imkoniyat va zaruriyat doirasida o’tkazilishi kеrakligiga e'tibor qaratish lozim. Ta'sirlar bashorati uchun qanday usullardan foydalanilgan? To’g’ri kеlmaydigan usullardan foydalanish inson, moliyaviy va axborot rеsurslarining yеtishmasligi hamda ta'sirning haqiqiy miqyosini ko’rsatishga istak yo’qligi bilan bog’liq sanaladi. Misol. Avtoyo’lni qayta ta'mirlash bo’yicha bir xalqaro loyihaning TIA bosqichini «Atrof-muhitga ta'sirlarni baholash» qismida flora va faunaga ta'sir ko’rib chiqilgan. Loyiha matniga ovchilar va atrof-muhit muhofazasi qo’mitalaridan hayvonot va o’simlik turlarining tarqalishi haqida olingan ma'lumotnomalar kiritilgan.Mualliflarning o’zlari esa tadqiqot usuli sifatida loyiha amalga oshiriladigan hududga safar uyushtirishgan. Ta'sirlarni biologik turlar uchun sеzilarli yoki sеzilarli emasligi to’g’risidagi ularning baholash xulosalarini esa, aynan «biz yo’ldan avtomobilda kеtayotganimizda yovvoyi hayvonlar yo’l yuziga chiqmadi va uning yaqinida ham ko’rinmadi» tarzida ifodalash mumkin xolos. Download 63.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling