O'zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Download 63.91 Kb.
bet1/12
Sana11.03.2023
Hajmi63.91 Kb.
#1260066
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ismoilov Otabek 015-18

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Reja

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi
EKOLOGIYa
fanidan
Mustaqil ish
Bajardi:____________________________ta’lim yo‘nalishi

015- 18 guruh


Ismoilov Otabek


talabaning F.I.Sh.
Qabul qildi: q.o‘q. F.M.Qodirov

Toshkent 2023



Reja:


1.Atrof-muhitga bo`ladigan ta’sirlarni ko`lamini bashorat qilish va baholash
2.Ta’sirlarning xarakteri,kattaligi va ahamiyatliligi
3.Ta’sirlarni bosqichma-bosqich tahlil qilish
4.Ta’sirlar bashorati to`g’ri bajarilganligini baholash
5.Ta’sirlar ahamiyatliligini baholash








Atrof-muhitga bo’ladigan ta'sirlarni ko’lamini bashorat qilish va baholash


Mo’ljallanayotgan faoliyatning atrof-muhitga ta'sirlarini bashorat qilish va ularni ahamiyatliligini aniqlash AMBTB jarayonining eng muhim bosqichlaridan biridir. Bu bosqichning asosiy maqsadi faoliyatning muqobil sanalgan har bir variantini amalga oshirilishi natijasida atrof-muhitda qanday o’zgarishlar sodir bo’lishini aniqlash, hamda bu o’zgarishlarning nеchog’li muhim va ahamiyatli ekanligini baholashdan iborat bo’lib u: atrof-muhitning mo’ljallanayotgan faoliyat ta'sir etishi mumkin bo’lgan komponеntlarini o’rganish;

  • mo’ljallanayotgan faoliyat oqibatida atrof-muhitda yuz bеrishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarni bashorat va tahlil qilish;

  • ularni ahamiyatliligini baholash asosida amalga oshiriladi.

Atrof-muhitga ta'sirlarni bashorat va tahlil qilish bosqichi ahamiyatli ta'sirlarni aniqlashning dastlabki bosqichi bilan uzviy bog’liq hisoblanadi, chunki dastlabki bosqichda tanlab olingan ta'sirlar bu yerda bashorat va tahlil qilinadi. Boshqa tomondan qaraganda, ta'sirlarning ahamiyatliligini bashorat qilish va baholash natijalari AMBTB hujjatlarining asosini tashkil qiladi va ulardan mo’ljallanayotgan faoliyat to’g’risida loyihaviy, ma'muriy va boshqa qarorlarni qabul qilishda foydalaniladi.
Mo’ljallanayotgan faoliyatni amalga oshirilishi natijasida ta'sir ostiga tushadigan atrof-muhit komponеntlarini o’rganish va tavsiflash hamda atrof-muhitda bo’ladigan o’zgarishlarning bashorati va tahlili odatda mutaxassislar tomonidan maxsus ilmiy usullardan foydalanish yordamida amalga oshiriladi.

Download 63.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling