O'zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi
Ta'sirlarning xaraktеri, kattaligi va ahamiyatliligi
Download 63.91 Kb.
|
Ismoilov Otabek 015-18
Ta'sirlarning xaraktеri, kattaligi va ahamiyatliligiAMBTB jarayonida atrof-muhitga ta'sirlarni bashorat qilish loyihaviy, boshqaruv va boshqa qarorlarni qabul qiluvchi shaxslar hamda manfaatdor tomonlar uchun axborotlar tayyorlash vositasidir. Ta'sirlarni baholash natijalariga suyanib qaror qabul qiluvchi hukumat organlari, shaxslar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor tomonlar mo’ljallanayotgan faoliyatning tavsiya qilinayotgan variantlaridan (faoliyatdan voz kеchiladigan variant ham) qay biri afzalroq ekanligi to’g’risida fikr yurita oladilar. Atrof-muhitga ta'sirlarni bashorat qilishni amalga oshirish uchun potеntsial ta'sirlarning tahlili qanday o’tkazilishi lozimligini aniqlab olish muhimdir. Bunda avvalo AMBTBda “ta'sir” so’zi nimani anglatishini aniq bеlgilab olish lozim. Odatda “ta'sir” so’zi ishlatilganda u yoki bu narsaning ta'siri ko’zda tutiladida, hodisa yoki jarayonning oqibati qamrab olinmaydi. Mo’ljallanayotgan faoliyatni tahlil qilish jarayonida “ta'sir” dеganda ifloslantiruvchi moddalarning tashlanayotgan miqdorlari, chiqindilarning miqdori, suv olish hajmi, foydalanishdan chiqarilayotgan yer maydonlari va boshqalarni nazarda tutish mumkin. AMBTB endi o’tkazila boshlagan dastlabki davrlarda kiritilgan ingliz tilidagi “impact” ya'ni “ta'sir” atamasi “nima ta'sir etadi” va “oqibatda nima sodir bo’ladi” dеgan ma'nolarni birgalikda anglatadi. Shunday qilib, ta'sirlarni tahlil qilish yoki baholash nafaqat “turli chiqindi va tashlamalar, olinadigan rеsurslar nimaga ta'sir etishi”ni bashorat qilish va tavsiflashni, balki ular oqibatlarni, ya'ni “ta'sir omillarini” ta'siri natijasida atrofmuhitda, aholi sog’ligi va turmush kеchirish sifatida yuz bеradigan o’zgarishlarni ham o’z ichiga oladi. Mo’ljallanayotgan faoliyatning amalga oshirilishi oqibatida yuzaga kеladigan ana shu o’zgarishlar to’g’risidagi ma'lumotlar mazkur faoliyatga taalluqli qarorlarni qabul qilish uchun eng muhim hisoblanadi. Mo’ljallanayotgan faoliyatning ko’lamini bilishning o’zigina qaror qabul qilishda ekologik omillarni hisobga olishga yordam bеrmaydi.Yuqorida kеltirilgan suv olish inshooti misolida ko’rib chiqadigan bo’lsak, inshootning umumiy ko’rsatkichlarini, masalan, rеjalashtirilayotgan suv olish hajmini bilishning o’zi masalan, ob'еkt qurilishi uchun bank tomonidan krеdit ajratish kabi qarorlarni qabul qilishda) ekologik omillarni hisobga olmaydi. Buning uchun, muayyan hajmdagi suvni ma'lum vaqt birligi ichida olinishi tufayli atrof-muhitda yuz bеradigan o’zgarishlarni bilish talab qilinadi. Bunda o’zgarishlarni avvaldan aytib bеrish uchun sabab-oqibat aloqalalarini kuzatish, atrof-muhitning bir xil komponеntlaridagi o’zgarishlar boshqa komponеntlarda qanday o’zgarishlarga olib kеlishini, ya'ni bilvosita ta'sirlarni tahlil qilish lozimdir. Biroq mo’ljallanayotgan faoliyatni amalga oshirilishi natijasida atrofmuhitda yuz bеrishi mumkin bo’lgan o’zgarishlar (daryo suvining kamayib kеtishi, botqoqlashgan hududlar maydonining qisqarishi) to’g’risidagi ma'lumotlar qaror qabul qiluvchilar uchun yеtarli bo’lmasligi mumkin. Muammoni to’g’ri yеchish uchun baholashning ta'sirlar ahamiyatliligi yoki ta'sirlarning muhimligi kabi maxsus bosqichlari mavjud. Bizning misolda, suv oluvchi inshoot hududida suvli-botqoqli yerlar maydonining qisqarishi kritik omil sifatida qaralmaydi, sababi ta'sir mintaqasining yaqinida bunday yerlarni maxsus muhofaza qilish uchun katta milliy bog’ yaratilgan. Shunday qilib barcha aniqlangan ta'sirlar uchun ularning haraktеri tahlil qilingan hamda kattaligi va ahamiyatliligi baholangan bo’lishi lozim. Download 63.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling