О‘zbеkistоn rеspublikаsi raqamli texnologiyalar vаzirligi muhаmmаd аl-xоrаzmiy nоmidаgi tоshkеnt аxbоrоt


Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi


Download 291.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana19.06.2023
Hajmi291.74 Kb.
#1599878
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tarmoq xavfsizligi M

 


Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi.
Kompyuter tarmog’i (Computer NetWork, net–tarmoq va work–ish) – bu kompyuterlar o’rtasida 
axborotlar almashinuvi tizimidir.Yoki boshqacha qilib aytsak: Kompyuter tarmog`i – bu ikkita yoki 
undan ko‘proq kompyuterlarning va boshqa qurilmalarning bir biriga kabellar bilan ulanishidan hosil 
bo‘ladigan tarmoqdir.
Kompyuter (hisoblash) tarmog'i– aloqa kanallari yordamida ma`lumotlarni tarmoqlangan qayta 
ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va terminallar to'plami bo'lib, u ko'p mashinali 
birlashmaning eng yuqori shaklidir.Kompyuter tarmog'i "tarmoq abonenti", "stansiya" va "fizik 
uzatish muhiti" kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’ladi.
Tarmoq abonenti tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni istemol qiluvchi ob`ektdir.
Stansiya– axborot uzatish va qabul qilish bilan bog’liq vazifalarni bajaruvchi ob`ektdir. Alohida 
kompyuterlar, kompyuter majmualari, terminallar, sanoat robotlari, programmaviy boshqaruvli 
dastgohlar va shu kabilar tarmoq abonentlari bo'lishlari mumkin va xar bir abonent stansiyaga 
ulanadi.Abonent va stansiya birgalikda "abonent tizimi“ deb ataladi. Abonentlarning o'zaro aloqasini 
tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud bo'lishi kerak.
Fizik uzatish muhiti– elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga oshiriladigan aloqa kanali 
va ma`lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmalaridir. Fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari 
o'rtasida axborot uzatishni ta`minlovchi kommunikasion tarmoq tashkil etiladi. Bunday yondashuv har 
qanday komppyuter tarmog'ini abonent tizimlari va kommunikasion tarmok yig'indisi sifatida ko'rish 
imkonini beradi.
Kompyuter tarmoqlari quyidagi belgilari bo’yicha klassifikatsiyalanadi: 
1.Geografik (xududiy) joylashuvi bo’yicha;
2.Ishlab chiqarish bo’limlarining miqyosi bo’yicha;
3.Boshqarish usuli bo’yicha;
4.Axborotni uzatish tezligi bo’yicha;
5.Aloqa (ulanish) topologiyasi tuzilishi bo’yicha.
Abonent tizimlarining xududiy joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy turkumga 
ajratish mumkin:

Download 291.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling