О‘zbеkistоn rеspublikаsi raqamli texnologiyalar vаzirligi muhаmmаd аl-xоrаzmiy nоmidаgi tоshkеnt аxbоrоt


Download 291.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana19.06.2023
Hajmi291.74 Kb.
#1599878
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tarmoq xavfsizligi M

Lokal tarmoqlar- (LAN– Local Area Network);
Mintaqaviy tarmoqlar- ( MAN–Metropolitan Area Network);
Global tarmoqlar- (WAN– Wide Area Network);
 
Lokal kompyuter tarmog'i uncha katta bo'lmagan xudud chegarasida joylashgan abonentlarni 
birlashtiradi. Masalan, korxonalar, tashkilotlar, firmalar, banklar, ofislar miqyosidagi komppyuterlarni 
o'zaro birlashtiruvchi tarmoqlar lokal kompyuter tarmog'i turkumiga kiradi. Hozirgi vaqtda lokal 
hisoblash tarmoqlari abonentlarining xududiy joylashuvi bo'yicha qat`iy cheklashlar yo‘q.
Mintaqaviy kompyuter tarmog'i bir-biridan ancha uzoq masofada joylashgan komppyuterlarni va 
lokal kompyuter tarmoqlarini o'zaro bog'laydi. U katta shaxar, iqtisodiy mintaqa va alohida mamlakat 
doirasidagi abonentlarni o'z ichiga olishi mumkin. Odatda, mintaqaviy hisoblash tarmog'i abonentlari 
o'rtasida masofa o'nlab, yuzlab kilometrni etadi.  
Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlar yoki kit`alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. 
Mazkur tarmoq abonentlar o'rtasidagi aloqa telefon, radio aloqa va kosmos aloqa tizimi negizida 
amalga oshiriladi.  


Tarmoq miqyosi (o’ljami)
Ishlab chiqarih, tashkilot miqyosi (масштаби) bo’yicha tarmoqlar quyidacha farqlanadi:
Bo’limlar tamog’i (сети отделов);
Kampuslar tarmog’i (сети кампусов);
Tashkilot, kompaniya tarmoqlari (корпоративные сети).
Tashkilot axborot xavfsizligi siyosati.
Axborot xavfsizligining siyosatini ishlab chiqishda, avvalo himoya qilinuvchi ob`ekt va uning 
vazifalari aniqlanadi. So‘ngra dushmanning bu ob`ektga qiziqish darajasi, hujumning ehtimolli turlari 
va ko‘riladigan zarar baholanadi. Nihoyat, mavjud qarshi ta’sir vositalari yetarli himoyani 
ta‘minlamaydigan ob`ektning zaif joylari aniqlanadi. Odatda ko‘p sonli foydalanuvchilarga ega 
bo‘lgan korporativ kompyuter tarmoqlari uchun maxsus “Xavfsizlik siyosati” deb ataluvchi, tarmoqda 
ishlashni ma’lum tartib va qoidalarga bo‘ysindiruvchi (reglamentlovchi) hujjat tuziladi. Siyosat odatda 
ikki qismdan iborat bo‘ladi: umumiy prinsiplar va ishlashning muayyan qoidalari. Umumiy prinsiplar 
Internetda xavfsizlikka yondashishni aniqlasa, qoidalar nima ruxsat etilishini va nima ruxsat 
etilmasligini belgilaydi. Qoidalar muayyan muolajalar va turli qo‘llanmalar bilan to‘ldirilishi mumkin. 
Hozirgi kunda axborotni himoyalashning tashkiliy choralari, shuningdek dasturiy va texnik vositalar 
yetarli samara bermay qoldi. Shu bois, huquqiy, jumladan, jinoiy-huquqiy himoya vositalari 
xavfsizlikning qo‘shimcha choralari sifatida yuzaga keldi. 
Tez rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bizning kundalik 
hayotimizning barcha jabhalariga sezilarli o‘zgarishlarni olib kirmoqda. Hozirda “axborot 
tushunchasi” sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga almashtirish mumkin bo‘lgan maxsus tovar 
belgisi sifatida tez-tez ishlatilmoqda. Shu bilan birga axborotning bahosi ko‘p hollarda uning o‘zi 
joylashgan kompyuter tizimining bahosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmoqda. Shuning 
uchun tamomila tabiiy holda axborotni unga ruxsat etilmagan holda kirishdan, qasddan 
o‘zgartirishdan, uni o‘g‘irlashdan, yo‘qotishdan va boshqa jinoiy harakatlardan himoya qilishga kuchli 
zarurat tug‘iladi. Ammo, jamiyatning avtomatlashtirishni yuqori darajasiga intilishi uni 
foydalaniladigan axborot texnologiyalarning xavfsizligi saviyasiga bog‘liq qilib qo‘yadi. Axborotning 
muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. Shuning uchun ham qadimda axborotni himoyalash 
uchun turli xil usullar qo‘llanilgan. Ulardan biri – sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan 
manzil egasidan boshqa shaxs o‘qish imkoniga ega bo‘lmagan. Asrlar davomida bu san’at – sirli yozuv 
jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rezidensiyalari va razvedka missiyalaridan 
tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o‘n yil oldin hamma narsa tubdan o„zgardi, ya’ni axborot o‘z 
qiymatiga ega bo‘ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, 
saqlaydilar, uzatadilar, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o‘g‘irlaydilar, buzib talqin 
etadilar va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug‘iladi.
Axborotni himoya qilish deganda: Axborotning jismoniy butunligini ta’minlash, shu bilan birga 
axborot elementlarining buzilishi yoki yo’q qilinishiga yo’l qo’ymaslik; Axborotning butunligini 
saqlab qolgan holda, uni elementlarini qalbakilashtirishga (o‘zgartirishga) yo‘l qo‘ymaslik; Axborotni 
tegishli huquqlarga ega bo‘lmagan shaxslar yoki jarayonlar orqali tarmoqdan ruxsat etilmagan holda 
olishga yo‘l qo‘ymaslik; Egasi tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar faqat 
tomonlar o‘rtasida kelishilgan shartnomalar asosida qo‘llanilishiga ishonish kabilar tushuniladi.
Axborot xavfsizlig deb, ma’lumotlarni yo‘qotish va o‘zgartirishga yo‘naltirilgan tabiiy yoki sun’iy 
xossali tasodifiy va qasddan ta‟sirlardan har qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga 
aytiladi. Ilgarigi xavf faqatgina konfidensial (maxfiy) xabarlar va hujjatlarni o‘g‘irlash yoki nusxa 
olishdan iborat bo‘lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma’lumotlari to’plami, elektron 
ma’lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat so’ramasdan foydalanishdir. Bulardan 
tashqari, bu harakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi. Axborotning himoyasi deb


boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot 
zahiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta‟minlovchi qat`iy 
reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi. Axborotni himoyalashning maqsadlari 
quyidagilardan iborat: - axborotning kelishuvsiz chiqib ketishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi, 
o‘zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish; - shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo‘lganxavf 
– xatarning oldini olish; - axborotni yo‘q qilish, o‘zgartirish, soxtalashtirish, nusxa ko‘chirish, 
to‘siqlash bo‘yicha ruxsat etilmagan harakatlarning oldini olish; - hujjatlashtirilgan axborotning 
miqdori sifatida huquqiy tartibini ta’minlovchi, axborot zahirasi va axborot tizimiga har qanday 
noqonuniy aralashuvlarning oldini olish; - axborot tizimida mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarning 
shaxsiy maxfiyligini va konfidensialligini saqlovchi fuqarolarning konstitutsion huquqlarini 
himoyalash; - davlat sirini, qonunchilikka mos hujjatlashtirilgan axborotning konfidensialligini 
saqlash; - axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta‟minlovchi vositalarni yaratish, ishlab chiqish 
va qo‘llashda sub`ektlarning huquqlarini ta’minlash. Axborot xavfsizligining huquqiy ta'minoti 
axborotni himoyalash tizimida bajarilishi shart bo‘lganqonun chiqarish aktlar, me’yoriy-huquqiy 
hujjatlar, qoidalar yo‘riqnomalar, qo‘llanmalar majmui. Hozirda axborot xavfsizligining huquqiy 
ta’minoti masalasi ham amaliy, ham qonunchilik jihatidan faol o‘rganib chiqilmoqda. Kompyuter 
jinoyatchiliklarini qilish instrumentlari sifatida telekommunikatsiya va hisoblash texnikasi vositalari, 
dasturiy ta’minot va intellektual bilim ishlatiladi. Kompyuter jinoyatchiliklarini qilish sohasi sifatida 
nafaqat kompyuterlar, global va korporativ tarmoqlar (Internet), balki axborot texnologiyasining 
zamonaviy, yuqori unumli vositalari hamda axborotning katta hajmi ishlanadigan, masalan, statistik va 
moliya institutlari tanlanadi. Shu sababli, har qanday tashkilot faoliyatini turli-tuman axborotni olish 
uchun qo„lda yoki hisoblash texnikasi vositalari yordamida ishlash, axborotni tahlil qilish natijasida 
qandaydir muayyan yechimlarni olish va ularni aloqa kanallari orqali uzatishsiz tasavvur etib 
bo‘lmaydi. Kompyuterga ham tajovuz ob`ekti, ham tajovuz qiluvchi instrument sifatida qarash 
mumkin. Agar axborotning o‘g‘irlanishi moddiy va ma‟naviy boyliklarning yo‘qotilishi bilan bog‘liq 
bo‘lsa, bu fakt jinoyat sifatida baholanadi. Shuningdek, agar ushbu fakt bilan milliy xavfsizlik, 
mualliflik manfaatlari bog‘liq bo‘lsa, jinoiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida 
bevosita ko‘zda tutilgan. Har qanday davlatda axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti xalqaro va 
milliy huquqiy me’yorlarni o’z ichiga oladi.
Axborot xavfsizligini ta’minlashning huquqiy me’yorlari 

Download 291.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling