O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi tosh


Download 255.27 Kb.
bet2/4
Sana09.04.2023
Hajmi255.27 Kb.
#1346255
1   2   3   4
Bog'liq
1-topmetrologiya, AJ

Bevosita о’lchash -
О’lchanayotgan kattalikning qiymatini tajriba ma’lumotlaridan bevosita topish. Masalan, oddiy simobli termometrda yoki lineyka yordamida о’lchash.
u = s x;
Bunda: u - muayyan birlikda ifodalanyotgan о’lchanayotgan kattalikning
qiymati;
s - shkalaning bо’lim qiymati;
x - shkaladan olingan qaydnoma.
Bilvosita о’lchash- Bevosita о’lchangan kattaliklar bilan о’lchanayotgan
kattalik orasida bо’lgan ma’lum bog’lanish asosida katalikning qiymatini topish..
Masalan, tezlikni о’lchash.
u = f (x1 x2 ...xn).
Majmuiy о’lchash - Bir necha nomdosh kattaliklarning birikmasini bir
vaqtta bevosita о’lchashdan kelib chiqqan tenglamalar tizimini yechib,
izlanayotgan qiymatlarni topish. Masalan, har xil tarozi toshlarining massasini
solishtirib, bir toshning ma’lum massasidan boshqasining massasini topish uchun
о’tkaziladigan о’lchashlar, xarorati qarshilik termometri orqali о’lchash
Birgalikdagi о’lchash - Turli nomli ikki va undan ortiq kattaliklar orasidagi
munosabatni topish uchun bir vaqtda о’tkaziladigan о’lchashlar. Misol,
rezistorning 200S dagi elektr qarshiligi qiymatini turli temperaturalarda о’lchab
topish.
Mutlaq о’lchash - Bir yoki bir necha asosiy kattaliklarni bevosita
о’lchanishini va (yoki) fizikaviy doimiylikning qiymatlarini qо’llash asosida
о’tkaziladigan о’lchash.
Nisbiy о’lchash - Kattalik bilan birlik о’rnida olingan nomdosh kattalikning
nisbatini yoki asos qilib olingan kattalikka nisbatan nomdosh kattalikning
о’zgarishini о’lchash.О’lchash usuli deganda о’lchash qonun-qoidalari va о’lchash vositalaridan
foydalanib, kattalikni uning birligi bilan solishtirish usullarini tushunamiz.
О’lchashning quyidagi usullari mavjud:
Bevosita baholash usuli - bevosita о’lchash asbobining sanash qurilmasi
yordamida tо’g’ridan tо’g’ri о’lchanayotgan kattalikning qiymatini topish.
Masalan, Prujinali manometr bilan bosimni о’lchash yoki ampermetr yordamida
tok kuchini topish.

Download 255.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling