O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi tosh


О’lchov bilan taqqoslash (solishtirish) usuli -


Download 255.27 Kb.
bet3/4
Sana09.04.2023
Hajmi255.27 Kb.
#1346255
1   2   3   4
Bog'liq
1-topmetrologiya, AJ

О’lchov bilan taqqoslash (solishtirish) usuli - о’lchanayotgan kattalikni
о’lchov orqali yaratilgan kattalik bilan taqqoslash (solishtirish) usuli. Masalan
tarozi toshi yordamida massani aniqlash. О’lchov bilan taqqoslash usulining о’zini
bir nechta turlari mavjud:
Ayirmali о’lchash (differensial) usuli - о’lchov bilan taqqoslash usulining
turi hisoblanib, о’lchanayotgan kattalikning va о’lchov orqali yaratilgan
kattalikning ayirmasini (farqini) о’lchash asbobiga ta’sir qilish usuli. Misol qilib
uzunlik о’lchovini qiyoslashda uni komparatorda namunaviy о’lchov bilan
taqqoslab о’tkaziladigan о’lchash.
Yoki, voltmetr yordamida ikki kuchlanish orasidagi farqni о’lchash, bunda
kuchlanishlardan biri juda yuqori aniqlikda ma’lum, ikkinchisi esa izlanayotgan
kattalik hisoblanadi.
 U = U0  Ux; Ux=U0  U
Ux bilan U0 qanchalik yaqin bо’lsa, о’lchash natijasi ham shunchalik aniq
bо’ladi.
Nolga keltirish usuli - bu ham о’lchov bilan taqqoslash usulining bir turi
hisoblanadi. Bunda kattalikning taqqoslash asbobiga ta’siri natijasini nolga
keltirish lozim bо’ladi. Masalan, elektr qarshiligini qarshiliklar kо’prigi bilan tо’la
muvozanatlashtirib о’lchash.
О’rindoshlik usuli - о’lchov bilan taqqoslash usulining turi hisoblanib,
о’lchanayotgan kattalikning о’lchov orqali yaratilgan ma’lum qiymatli kattalik
bilan о’rin almashishiga asoslangan. Misol, о’lchanadigan massa bilan tarozi
toshini bir pallaga galma-gal qо’yib о’lchash yoki qarshiliklar magazini yordamida
tekshirilayotgan rezistorning qarshiligini topish:
Bunda “K”ni ikkala holatda (1,2) qо’yganda 1=2 shart bajarilishi kerak.
I1 = U / R01
I2 = U / Rk 2
Mos kelish usuli - о’lchov bilan taqqoslash usulining turi. О’lchanayotgan
kattalik bilan о’lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini shkaladagi belgilar
yoki davriy signallarni mos keltirish orqali о’tkaziladigan о’lchash. Masalan, kalibr
yordamida val diametrini moslash.
Har bir tanlangan usul о’z usuliyatiga, ya’ni о’lchashni bajarish usuliyatiga
ega bо’lishi lozim. О’lchashni bajarish usuliyati deganda, ma’lum usul bо’yicha
о’lchash natijalarini olish uchun belgilangan tadbir, qoida va sharoitlar tushuniladi.



Download 255.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling