O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi tosh


Download 255.27 Kb.
bet1/4
Sana09.04.2023
Hajmi255.27 Kb.
#1346255
  1   2   3   4
Bog'liq
1-topmetrologiya, AJ



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi

Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish”


fanidan


AMALIYoT
TOPShIRIQ №1

Bajardi: Telekommunikatsiya ta’lim yo‘nalishi


OEL003-1 guruh
Abdurasulov Javlonbek

Qabul qildi: Agzamova Mutabar Raximdjanovna


Toshkent 2023
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fandan


1 T O P SH I R I Q (AMALIYOT)



Mavzu:

Metrologiyaning asosiy tushunchalari

Ishdan maqsad:

Asosiy tushuncha va ta’riflarni o‘rganish.



4-variant


I. Nazariy savollar:



  1. “Standartlashtirish”, “Metrologiya” va “Maxsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish” to‘g‘risidagi qonunlar qachon qabul qilingan va uning mohiyati.

  2. O‘lchashlarning qanday turlari va usullarini bilasiz?

  1. savolga javob

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kelishilgan siyosatni o‘tkazish to‘g‘risida Bitim (13.06.1992, Moskva). Vaqt va chastotani o‘lchash birxilligini ta'minlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Bitim (09.10.1992, Bishkek). Qiyoslash va metrologik attestatlash maqsadida chegaradan olib o‘tiladigan me'yoriy hujjatlar, etalonlar, o‘lchash vositalari va standart namunalarni olib o‘tishga bojxona to‘lovlari, soliqlardan va maxsus ruxsatnomalarni berishdan ozod qilish to‘g‘risida Bitim (10.02.1995, Almati). O‘zaro etkazib beriladigan mahsulotga mehnat muhofazasi bo‘yicha kelishilgan me'yorlar va talablarni ishlab chiqish va rioya qilish tartibi to‘g‘risida Bitim (12.04,1996, Moskva). Erkin savdo hududida texnik to‘siqlar bo‘yicha Bitim (20.06.2000, Moskva). MDH davlatlarida sayohat sohasida davlatlararo standartlarni va sertifikatlashtirish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha Konsepsiya. MDH mamlakatlarida amaldagi texnik qonunlarni uyg‘unlashtirish maqsadida DAK da model qonunlar ishlab chiqilgan: "Standartlashtirish to‘g‘risida" (Parlamentlararo assambleyaning (PAA) 10-yalpi majlisida qabul qilingan); "O‘lchashlar birliligini ta'minlash to‘g‘risida" (MDH PAA ning 11-yalpi majlisida qabul qilingan). DAK doirasida quyidagi bitimlar tuzilgan va bajarilmoqda: Sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazish va o‘zaro tan olish prinsiplari to‘g‘risida (04.06.1992, Krasnodar). Davlat sinovlari va xilini tasdiqlash, metrologik attestatlash, o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash natijalarini, shuningdek sinovlarni, o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash laboratoriyalarini akkreditlash natijalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risida (06.10.1992, Toshkent).
Metrologiya – O‘lchashlar, ularning birliligini ta'minlash metodlari va vositalari va talab etilgan aniqlikka erishish usullari to‘g‘risidagi fan. Qonunlashtiruvchi metrologiya – bu metrologiyaning1 bir qismi bo‘lib metrologiya bo‘yicha milliy organ tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatga taalluqli va birliklar, o‘lchash vositalari, o‘lchash laboratoriyalariga doir davlat talablariga ega.
Metrologiya xizmati – Davlat idoralari va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari tarmoqlari hamda ularning o‘lchashlar birliligini ta'minlashga yo‘naltirilgan faoliyati.
O‘lchash vositalarining qiyoslanishni olib borish uchun metrologik xizmatni akkreditlash – bu qiyoslashishlarini bajarishga davlat tomonidan, davlatning ishonchli vakili tomonidan rasmiy tan olinishi



  1. savolga javob

О’lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari
(yо’llari) mavjuddir. Quyida shu yо’llar bilan tanishib chiqamiz.

Download 255.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling