O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al­-xorazmiy nomidagi


O‘z-o‘zini tarqatuvchi zararkunandalar


Download 225.1 Kb.
bet11/13
Sana04.02.2023
Hajmi225.1 Kb.
#1164482
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mavzu Zararkunanda dasturlaning turlari. Bajardi

O‘z-o‘zini tarqatuvchi zararkunandalar
2017-yilga kelib esa, zararkunandani yuqtirib olish uchun endi pochtani tekshirish, shubhali faylni ochish, yoki, shubhali havolani bosishga ham hojat qolmadi. WannaCry nomli zararkunanda ushbu «an’anaviy» virus yuqtirish usullarini birortasidan foydalanmagan holda ham kompyuterlarga kirib kela boshladi va dunyo bo‘ylab 500 mingga yaqin foydalanuvchining kompyuterini zararladi. Bunda ushbu zararkunanda «ijodkorlari» o‘zlarining «asar»lari yetib borgan kompyuterlardagi ma’lumotlarni shifrlab qo‘yilishiga erishar edilar. Qimmatli ma’lumotni shifrdan qayta yechishni istagan foydalanuvchidan esa ular pul talab qilishardi va belgilangan hisob-raqamga muayyan pul miqdori kelib tushgach, shifrdan yechishning kalitini berishgan. WannaCry zararkunandasi, xakerlarning yana bir kibertovlamachilik turi – shifrlash va shifrdan qayta ochish uchun evaz to‘lov talab qilish usuli borasida klassik misol bo‘la oladi. Bunday turdagi zararkunandalarni «shifrlovchilar» deyiladi. Biroq, WannaCry ni tarqatgan tovlamachi-xakerlar maqsadiga to‘la yetgan deyish ham qiyin. Butun dunyo bo‘ylab ularga atigi 302 ta foydalanuvchi evaz to‘lagani ma’lum. Pul o‘tkazmalarining umumiy miqdori 126742 dollarni tashkil qilgan. Ya'ni, bu shifrlovchi zararkunanda, o‘zining tarqalish ko‘lamiga nisbatan, ancha kam mablag‘ yiqqan. Shunga qaramay, WannaCry dan zararlangan yirik moliya kompaniyalarining yo‘qotishlari milliard dollardan oshganligi aytilmoqda. WannaCry ni chiqargan xakerlar Microsoft tomonidan yo‘l qo‘yilgan jiddiy bir zaiflikni topib olishgan va o‘sha orqali kompyuter tizimlariga kirishni uddalashgan. Microsoft ushbu zaiflikni 2017-yilning 14-mart sanasiga kelib bartaraf etgan va WannaCry o‘rmalashiga barham bergan (o‘sha zaiflik MS17-010 deb qayd etilgan). Biroq, ushbu zaiflikni yopish uchun, barcha kompyuterlarda operatsion tizimlar yangilanishi lozim edi. Hamma o‘z sistemasini to‘liq yangilagan deyish qiyin. Shu sababli, WannaCry hozir ham tarmoqda o‘rmalab yurgan bo‘lishi va kompyuterlarga yuqishda davom etayotgani ehtimoli katta.



Download 225.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling