13 Loyihaning asosiy iqtisodiy ko‘rsatikichlari 13
13.1 Umumiy ma’lumotlar 13
I-bosqich “Avtomobil yo‘llaridagi nosozliklarni uzluksiz monitoring qilib boruvchi dasturiy ta’minot yaratish” loyihasi doirasida “Ravon yo‘llar” mobil ilova intellektual dasturiy majmuasining ma’lumotlarni intellektual tahlil qiluvchi algoritmlar kompozisiyasini o‘z ichiga olgan konstruktiv algoritmini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Yuqorida keltirilganidek, tizim mijoz-server texnologiyasiga asoslangan bo‘lib, individual mobil ilovalardan kelayotgan axborotlarga dastlabki ishlov berish uchun ma’lumotlar to‘plash va tizimli tahlil qilish uslubiyatini identifikasiya qilishi nazarda tutilgan hamda oraliq hisobotlarni topshirish. 13
II-bosqich Mazkur bosqichda “Ravon yo‘llar” dasturiy majmuasining ishlab chiqish, amaliyotda sinovdan o‘tkazish va ekspulatasiya uchun taqdim qilish belgilangan. 13
I-kvartal. Ma’lumotlarni intellektual tahlil qiluvchi algoritmlar kompozisiyasini o‘z tarkibiga oluvchi konstruktiv algoritmda uchraydigan xatoliklarni taxrirlash va “Ravon yo‘llar” dasturiy majmuasining funksional modullarini takomillashtirishni optimal usullari bazasini shakllantirish amalga oshiriladi. 13
II-kvartal. Shuningdek, “Ravon yo‘llar” dasturiy majmuasining dastlabki versiyasini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish jarayoni boshlanadi. “Ravon yo‘llar” dasturiy majmuasining dastlabki versiyasining amaliyot sinovi jarayonida xato-kamchiliklar aniqlangan funksional modullari taxrirlash yondashuvini ishlab chiqish. 13
III-kvartal. “Ravon yo‘llar” dasturiy majmuasining tizim bo‘yicha test sinovlaridan o‘tkazish, vujudga kelgan xato va kamchiliklarni bartaraf qilish va qayta sinovdan o‘tkazish. 13
IV-kvartal. “Ravon yo‘llar” dasturiy majmuasining yakuniy versiyasini ishlab chiqish, amaliyotga foydalanish uchun topshirish ham hisobotlarni tayyorlash va topshirish. 13
14 Harajatlar qo‘rsatkichlari 16
Kirish qismi
Ma’lumki, yo‘llar dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan doimiy dolzarb muammolardan biridir. Bugungi kunda mavjud bo‘lgan avtomagistral va magistral yo‘llar ko‘pincha doimiy ravishda o‘sib boradigan avtotransport oqimiga dosh berolmayotgani amaliyot ko‘rsatib turibdi.
Har qanday davlat uchun yo‘llar-taraqqiyotni belgilaydigan eng muhim omillardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston ham avtosa’noati bor mamlakatlar qatoriga kiruvchi mamlakat xisoblanadi va avtomobil yo‘llarining bugungi holati va istiqbollari haqida muxim masalalardar biridir.
Shu sababli bugungi kunda mamlakatimizda avtomobil yo‘llarini rivojlantirish va obodonlashtirish, shuningdek, transport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ko‘plab ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovasion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-307-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi PQ-2775-sonli qarori asosida 2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan va avtomobil yo‘llarini ta’mirlash ishlariga 350 milliard so‘m, shu jumladan, 170 milliard so‘mlik yo‘l jamg‘armasi hisobidan 180 milliard so‘mni mahalliy byudjet mablag‘lari ajratish rejalashtirilgan edi. Bundan ko‘rinadiki, avtomobil yo‘llarini ravonligi xukumat darajasidagi dolzarb masalalardan biridir.
Zero, ravon va mustahkam yo‘llar-Mamlakatimiz taraqqiyotining ishonchli hamda ravon yo‘lidir. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarori bilan yo‘llarini kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha barcha ishlar yo‘l korxonalariga yuklatiladi.
Toshkent shahri yo‘llariga kelsak, ularning bugungi holati qanday va bugungi kunda avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash ishlari qaydarajada olib borilmoqda va yo‘llarning qaysi qismi ta’mir talab degan savollar tug‘iladi. Mazkur taqdim qilinayotgan loyiha aynan ta’mir talab yo‘l qismlarini aniqlashga va uzluksiz monitoring olib borishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |