1 Loyiha nomi
“Avtomobil yo‘llaridagi nosozliklarni uzluksiz monitoring qilib boruvchi dasturiy ta’minot yaratish” loyihasi
Ushbu hujjat doirasidagi loyihaning qisqartma nomi: “Ravon yo‘llar”.
2 Ta’riflar, belgilar va qisqartmalar
Ushbu loyihada quyidagi ta’riflar, belgilar va qisqartmalar qo‘llaniladi:
№1 jadval
Qisqartma
|
To‘liq nomi
|
Vazirlik
|
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
|
AKTRJ
|
Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi
|
ITI
|
Ilmiy-tadqiqot instituti
|
TT
|
Texnik topshiriq
|
DT
|
Dasturiy ta’minot
|
MB
|
Ma’lumotlar bazasi
|
MDIB
|
Ma’lumotlarga dastlabki ishlov berish
|
OXBFSH
|
Ob’yektni harakterlovchi belgilar fazosini shakllantirish
|
MBFSHM
|
Muxim belgilar fazosini shakllantirish moduli
|
JAMSH
|
Jarayon axborot modelini shakllantirish
|
SM
|
Sinov moduli
|
OM
|
Optimallashtirish moduli
|
DITIQ
|
Dasturiy ilovani tizimga integrasiya qilish
| 3 Loyiha haqida umumiy ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovasion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-307-son qarori.
3.2 Buyurtmachi
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi.
3.3 Bajaruvchi
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti. Mazkur institut tomonidan taklif qilinayotgan loyiha “Avtomobil yo‘llaridagi nosozliklarni uzluksiz monitoring qilib boruvchi dasturiy ta’minot yaratish” deb nomlanadi, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan amalga oshiriladi.
Loyiha bajaruvchisi, bajargan ishlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan holda loyiha doirasida alohida mutaxassislarni va boshqa tashkilotlarni jalb qilishga haqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |