O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti


Download 58.54 Kb.
bet4/9
Sana16.06.2023
Hajmi58.54 Kb.
#1498027
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Pasport AvtoYollar uz

4 Moliyalashtirish manbai


Loyiha Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi (AKTRJ).

5 Loyiha maqsad va vazifalari


Loyihaning maqsadi:
Atomobil yo‘llarida vujudga kelayotgan nosozliklar va noqulayliklarni uzluksiz kuzatib borishga xizmat qiluvchi monitoring tizimini sun’iy intellekt usul va algoritmlari yordamida ishlab chiqish.
Asosiy vazifalari:

  • avtomobil yo‘llarini ekspluatasiya uchun yaroqlilik darajasini xaydovchilarning mobil aloqa vositalari yordamida zaruriy axborotlarni to‘plash, MBni shakllantirish va dasturiy majmuaning umumiy arxitekturasini ishlab chiqish;

  • dasturiy majmuaning umumiy arxitekturasi tarkibiga kiruvchi MB yordamida jarayonning axborot modelini va monitoring olib borishga xizmat qiluvchi funksional modullarni ishlab chiqish;

  • MB, jarayonning axborot modeli va funksional modullarni umumiy xolda to‘g‘ri ishlashini ta’minlovchi algoritmik kompozisiyani ishlab chiqish;

  • “Ravon yo‘llar” dasturiy majmuasini dastlabki versiyasini ishlab chiqish va amaliyotda sinovdan o‘tkazish;

  • “Ravon yo‘llar” dasturiy majmuasini amaliyotda sinovdan o‘tkazish vaqtida uchragan kamchiliklarini bartaraf qilish uchun jarayon monitoringini ta’minlovchi optimallashtiruvchi maxsus funksional modullar faoliyatini takomillashtiruvchi usullarni ishlab chiqish, qayta sinovdan o‘tkazish va natijalarni tahlil qilish;

  • Amaliyot sinovidan muvofaqqiyatli o‘tgan “Ravon yo‘llar” dasturiy majmuasini kerakli idoralariga va keng jamoatchilikka taqdim qilish.

6 Loyihadan kutilayotgan natijalarning tavsifi
Ravon yo‘llar dasturiy maxsuloti ishlab chiqiladi. Mazkur Ravon yo‘llar dasturiy maxsuloti mijoz-server texnologiyasiga asoslangan bo‘lib, quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • dasturiy maxsulot o‘ziga tegishli mobil ilovalardan kelayotgan axborotlarni to‘plash;

  • dastlabki ishlov berish yondashuvlarini identifikasiya qillish;

  • ob’yektni xarakterlovchi belgilar toyifasiga mos metrik fazoga o‘tishni ta’minlash;

  • jarayonni harakterlovchi ma’lumotlar massiviga raqamli ishlov berishi orqali ob’yekt xaqidagi axborot modelini shakllantirish;

  • axborot modellari asosida ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish orqali qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi yechimlarni taqdim qilish;

  • avtomobil yo‘llari xolati xaqidagi axborotlar asosida monitoringini taqdim qiladi.

Loyiha hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasiga doir normativ-huquqiy hujjatlar talablariga mosligi qayd etildi.

Download 58.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling