O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti


Ehtiyoj mavjudligi to‘g‘risidagi tahlili


Download 58.54 Kb.
bet5/9
Sana16.06.2023
Hajmi58.54 Kb.
#1498027
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Pasport AvtoYollar uz

Ehtiyoj mavjudligi to‘g‘risidagi tahlili
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovasion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-307-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi PQ-2775-sonli qarori asosida 2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan va avtomobil yo‘llarini ta’mirlash ishlariga 350 milliard so‘m, shu jumladan, 170 milliard so‘mlik yo‘l jamg‘armasi hisobidan 180 milliard so‘mni mahalliy byudjet mablag‘lari ajratish rejalashtirilgan edi. Bundan ko‘rinadiki, avtomobil yo‘llarini ravonligi hukumat darajasidagi dolzarb masalalardan biridir
Axborotlarni intellektual tahlil qilishda harakatlanayotgan avtomobillarni yo‘l koordinatalaridan kelayotgan axborotlarni sifatiy va miqdoriy tahliliy natijalarini yuqori aniqlikda amalga oshirishi hamda monitoring tizimi ishonchligini ta’minlashi ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga bu monitoring tizimi ikki tomonlama onlayn kuzatish imkoyatini beradi, ya’ni mutasadi tashkilotlarni uchun kerakli monitoringni hosil qilib beradi va avtomobil xaydovchilari uchun harakatlanish yo‘lini tanlashga ko‘maklashuvchi yechimlarni tavsiya qilib boradi. Mazkur dasturiy majmua monitoringni tashkil qilishda OpenStreetMaps haritasidan foydalanadi.

7 Tizimga qo‘yiladigan umumiy talablar

7.1 Tizimga qo‘yiladigan funksional talablar


  • Tizimdan foydalanish uchun ruxsat etilgan yuridik va jismoniy shaxslar;

  • Tizimni tarkibidagi har bir modul va ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish usul va xossalarini tavsiflash;

  • Avtomobil yo‘llari bilan shug‘ulanadigan korxona va idoralarning tizimga integrasiya qilish;

  • Foydalanuvchi interfeysi.

7.2 Axborot xavsizligiga qo‘yiladigan talablar


Axborot xavsizligi quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
1) foydalanuvchi huquqlarini chegaralash;
2) ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash;
3) foydalanuvchini identifikasiya va autentifikasiya qilish;
4) foydalanuvchilarning tizimdagi xatti-harakatininazorat qilish.

Download 58.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling