Tayanch so„z va iboralar


Download 48.31 Kb.
Sana09.10.2023
Hajmi48.31 Kb.
#1695835
Bog'liq
11 - mavzu


Mavzu:Geografik karta va atlaslarni tahlil qilish va baholash.
Karta yordamida o‘qib o‘rganish.
Reja:
1.Xaritalarni tahlil qilish deganda nimani tushunasiz?
2. Xaritalar bo‗yicha tavsif qaysi sohalarda juda muhim?
3. Tavsifni qanday turlari ajratiladi?
Tayanch so„z va iboralar: xaritalardan foydalanish, tahlil, xaritalar tahlili, grafik usul, grafoanalitik usul, tavsiflash.
Xaritalarni tahlil qilish usullari – xaritalar bo‗yicha ularda tasvirlangan obyektlarning sifat va miqdor tavsiflarini olish, o‗zaro bog‗liqliklar, rivojlanish tendensiyalarini aniqlashning ilmiy-texnik vositalari, usul va uslubiyatlari yig‗indisi bo‗lib, kartografik tadqiqot usulining asosiy qurolidir. Kartografik tadqiqot usulining turli bilim sohalarida keng qo‗llanilishi xaritalarni tahlil qilishning ko‗plab usullarining vujudga kelishiga olib keldi. Bunda kartograflar, geograflar, geologlar, geofiziklar, matematiklar, iqtisodchilar faol ishtirok etishgan. Oldindan kartometriya va morfometriya keng ishlatilgan, keyinroq matematik tahlil, matematik statistika, ehtimollar nazariyasi va h.k.lar faol rivojlandi. Hozirgi kunda matematikaning barcha usullari kartografik tasvir tahlili uchun qo‗llab ko‗rilmoqda.
Xaritalarni tahlil qilish usullarining bir necha guruhlari mavjud:
tavsif – xaritada tasvirlangan hodisalarni sifat jihatdan tavsiflash usuli; grafik usullar – xaritalar bo‗yicha turli xildagi profillar, kesmalar, grafiklar, diagrammalar, blok-diagrammalar, boshqa ikki va uch o‗lchamli grafik modellarni qurish; grafoanalitik usullar – xaritada obyektlar fazoviy o‗ziga xosligi va joylashish xususiyatlarini ifodalovchi turli nisbiy ko‗rsatkich va koeffitsiyentlarni hisoblash, obyektlar koordinatalari, uzunliklari, burchaklari, maydonlari, hajmi, shakllarini o‗lchash uchun mo‗ljallangan kartometriya va morfometriyani o‗z ichiga oladi; matematik-kartografik modellashtirish usullari matematik statistika, matematik tahlil, axborot nazariyasi hamda xaritadan olingan ma‘lumotlar bo‗yicha matematik modellarni qurish va tahlil qilish maqsadiga ega boshqa usullar bilan birga.
Ular quyidagicha guruhlanadi: · Tavsif - umumiy; - elementlar bo‗yicha; · Grafik usullar - ikki o‗lchamli grafiklar; - uch o‗lchamli grafiklar; · Grafoanalitik usullar - kartometriya; - morfometriya; · Matematik-kartografik modellashtirish - matematik tahlil; - matematik statistika; - axborot nazariyasi.
Bu ro‗yxatda ko‗rsatilgan guruhning har biri ko‗plab alohida usullarni o‗z ichiga oladi. Ularning barchasi birgalikda obyektni har tomonlama tadqiq qilish imkonini beruvchi bir butun tizimni hosil qiladi. Har bir guruh doirasida yoppasiga, tanlama va tayanch tahlil usullari ajratiladi. Xaritalarni tahlil qilishning barcha usullari texnik jihozlanishga bog‗liq holda sezilarli o‗zgaradi. Xaritalar bo‗yicha tadqiq qilishning mexanizatsiyasi va avtomatizatsiyasi darajalari turlicha:
- vizual tahlil, ya‘ni xaritani o‗qish, o‗rganiladigan obyektlarni ko‗z bilan taqqoslash va baholash; - instrumental tahlil – o‗lchash asboblari va mexanizmlarini qo‗llash; - kompyuter tahlili – to‗liq avtomatik yoki interfaol rejimda maxsus algoritmlar, dasturlar yoki GATdan foydalanib bajariladi.
Barcha usullar mexanizatsiya va avtomatizatsiyaning turli darajalarida alohida xarita bilan yoki xaritalar seriyasi va atlaslar bilan ishlash uchun foydalanilishi mumkin.
Xaritalar bo„yicha tavsiflash. Tavsiflash – xaritalarni tahlil qilishning an‘anaviy va keng tarqalgan usulidir. Uning maqsadi o‗rganiladigan hodisalarni, ularning joylashish va o‗zaro bog‗liqliklari xususiyatlarini aniqlash hisoblanadi. Xaritalar bo‗yicha tuziladigan ilmiy tavsif mantiqiy (agar bu mantiq o‗quvchiga tushunarli bo‗lsa yaxshi), tartibga solingan va ketma-ketlikda bo‗lishi lozim. U faktlarni tanlash va tizimlashtirish, taqqoslash va baholash elementlarini qo‗llash bilan farq qiladi. Tavsifda ko‗pincha miqdor ko‗rsatkichlari va baholashlarni, jadval va grafiklarni kiritishadi. Xulosada umumiy fikr va tavsiyalar keltiriladi.
Tavsif umumiy majmuali (masalan, umumgeografik tavsif) yoki elementlar bo„yicha (aytaylik, faqat karst relyefini tavsiflash) bo‗lishi mumkin.
Hozirgi vaqtda, xaritalar tahlili uchun matematik usullar va kompyuter texnologiyalari keng jalb etilayotgan davrda tavsiflashning ahamiyati kamaymadi. Hodisalar va ular o‗zaro aloqalarining sifatli tahlilini bajarib, tajribali tadqiqotchi formal algoritmlar bo‗yicha va tadqiqotni elementar matematik-mantiqli operatsiyalarda bajarganiga qaraganda chuqurroq xulosalarga kelishi mumkin. Asosan xaritalarni vizual tahliliga asoslangan tavsiflar o‗rganiladigan obyekt to‗g‗risida obrazli va yaxlit tasavvur qilish hamda sintetik xarakterdagi xulosalarga kelish imkonini berishi bilan maqbul hisoblanadi.
Download 48.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling