O'zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi


Tizimdagi organlar birgalikda ishlaydi


Download 57.37 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi57.37 Kb.
#1619569
1   2
Bog'liq
biotexnologiya Babajonov Shodlik 024-18

Tizimdagi organlar birgalikda ishlaydi.


Xuddi montaj liniyasida ishlaydigan ishchilar singari, organ tizimining tarkibidagi organlar tizimning toʻliq ishlashi uchun birgalikda faoliyat koʻrsatishi kerak. Masalan, hazm tizimining ishlashi – ovqatni qabul qilish, uni soʻrilish uchun kichik boʻlgan molekulalarga parchalash, soʻrilish jarayoni va keraksiz chiqindi mahsulotlarini yoʻq qilish har bir keyingi organning oʻz bajaradigan ishiga bogʻliq.3,43,4start superscript, 3, comma, 4, end superscript
Hazm qilish bu ozuqa moddalarining soʻrilishi uchun ovqatning parchalanish jarayonidir. Bu jarayon ham mexanik, ham kimyoviy hazmni oʻz ichiga oladi. Mexanik hazm jarayonida ovqat mayda boʻlaklarga parchalanadi. Kimyoviy hazm jarayonida oqsil va kraxmal kabi yirik molekulalar osonlikcha soʻrilishi mumkin boʻlgan oddiy qismlarga parchalanadi.

Hazm tizimi. Oshqozon bilan bogʻlanadigan ogʻiz boʻshligʻidan boshlanadi. Jigar va oshqozon osti bezi oldiniga ingichka ichakka, keyin
Ingichka ichak kimyoviy hazmning asosiy joyi boʻlib, oshqozon osti bezi va jigardan ajraluvchi fermentlar tomonidan amalga oshiriladi. Ingichka ichak, shuningdek, oziq moddalari oʻzlashtiriladigan asosiy joydir; shakar va aminokislota kabi molekulalar hujayralar tomonidan oʻzlashtiriladi va foydalanish uchun qon oqimiga oʻtkaziladi.
Ogʻiz boʻshligʻi, oshqozon, ingichka ichak va boshqa hazm tizimi organlari ovqatni hazm qilish va oziq moddalarni oʻzlashtirish uchun birgalikda ishlaydi. Agar oshqozon ishlamay qolsa yoki oshqozon osti bezi singari ferment ishlab chiqaruvchi organ ishini toʻxtatsa, hazm jarayoni yaxshi kechmaydi!

Organ tizimlari ham hamkorlikda ishlaydi.


Organ tizimidagi organlar oʻz vazifalarini bajarish uchun birgalikda ishlagani kabi, turli organ tizimlari ham organizmning toʻxtovsiz faoliyat olib borishida hamkorlikda ishlaydilar.
Masalan, nafas va qon aylanish tizimi hujayralarni kislorod bilan taʼminlash va hujayralarda hosil boʻladigan karbonat angidriddan xalos boʻlish uchun oʻzaro hamkorlikda ishlaydi. Qon aylanish tizimi oʻpkadagi kislorodni qabul qiladi va uni toʻqimalarga yetkazadi, soʻng karbonat angidridni ham shu tariqa teskari yoʻnalishda oʻpkaga yetkazadi. Oʻpka karbonat angidridni chiqarib yuboradi va kislorod saqlagan yangi havoni yutadi. Ikkala tizim birgalikda ishlasagina kislorod va karbonat angidridi hujayralar va atrof-muhit oʻrtasida yaxshi almashinishi mumkin.
Tanadagi bu singari hamkorlikning boshqa koʻplab misollari mavjud. Masalan, qon aylanish tizimidagi qon hazm tizimidan oziq moddalarni olishi va buyraklarda filtrlanishi lozim, aks holda, tanadagi hujayralar saqlanib qolinmasligi va chiqindi moddalar tanadan chiqib ketmasdan toʻplanib qolishi mumkin.

Xulosa
Tananing koʻp funksiyalari nerv va endokrin tizimlari tomonidan boshqariladi. Ushbu ikkita tartibga soluvchi tizim boshqa organ tizimlarining ishiga taʼsir qiladi va tananing turli qismlari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida kimyoviy messenjer (xabarchi)lardan foydalanadi.

  • Endokrin tizimida kimyoviy messenjerlar qonga chiqariladigan gormonlardir.

  • Asab tizimida kimyoviy xabarchilar bu kichik boʻshliq orqali toʻgʻridan toʻgʻri bir hujayradan ikkinchi hujayraga yuborilgan neyrotransmitterlardir.

Gormonlar qon oqimi orqali oʻz nishonlariga yetib borishlari kerak boʻlgani sababli endokrin tizimi odatda signal toʻgʻridan toʻgʻri nishon hujayraga yetib boruvchi nerv tizimiga nisbatan jarayonlarni sekinroq muvofiqlashtiradi. Baʼzi hollarda nerv va endokrin tizimlari tashqi nojoʻya taʼsirga qarshi “kurash yoki qoch” javobini qaytarish uchun birgalikda harakat qiladilar.

Adabiyotlar ro‘yxati


1. Nigmatov A.N. Ekologiyaning nazariy asoslari. – T.:“Faylasuflar jamiyati” nashriyoti, 2013.
2. Fundamentals of General Ecology, Life Safety and Environment Protection. Mark D Goldfein, Alexei V Ivanov, Nikolaj Kozhevnikov, V Kozhevnikov. NovaSciencePublishers, Inc. (April 25, 2013).

Internet saytlar:



  1. www.ekotalim.uz – Milliy kasbiy ta’limda ekota’lim sayti.

  2. www.uznature.uz – O‘zR Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi sayti.

  3. www.lex.uz -O‘zR Adliya vazirligi sayti.

  4. www.ziyonet.uz –O‘zR Oliy vao‘rtamaxsus ta’limvazirligisayti.

  5. www.bilim.uz - O‘zR Oliy va o‘rtamaxsus ta’limvazirligi sayti.

Download 57.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling