O'zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi


Download 57.37 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi57.37 Kb.
#1619569
  1   2
Bog'liq
biotexnologiya Babajonov Shodlik 024-18


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI UNIVERSITETI


Bioinformatika va biomexanika fanidan.


Mustaqil ish

Mavzu: Organ funktsiyalarini nazorat qilish va nazorat qilish uchun avtomatlashtirilgan tibbiy va texnologik tizimlar




Kompyuter injineriya ta’lim yo‘nalishi.
024-18 (sirtqi)_guruh
Bajardi: Babajonov Shodlik

Qabul qildi: Abdurashidova K




Toshkent 2023

Reja:

1. Kirish
2. Koʻp hujayrali organizmlar ixtisoslashgan tizimlarga muhtoj
3. Organlar
4. Tizimdagi organlar birgalikda ishlaydi

XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish


Agar siz bir hujayrali organizm boʻlganingizda va ozuqa moddalariga boy joyda yashaganingizda, tirik qolish juda oson boʻlar edi. Masalan, agar siz hovuzda yashaydigan amyoba boʻlganingizda, oziq moddalarini oʻz atrofingizdagi muhitdan oʻzlashtirishingiz mumkin boʻlardi. Metabolizm uchun zarur boʻlgan kislorod hujayra membranasi orqali hujayra ichiga diffuz yoʻl bilan kirishi, yana shu tarzda karbonat anigrid va boshqa chiqindi moddalar chiqib ketishi mumkin. Koʻpayish vaqti kelganda, ikkiga boʻlinish kifoya!
Ammo siz hozir Xan akademiyasi maʼlumotlaridan foydalanayotganingizni hisobga olsak, amyoba emasligingiz aniq va shuni aytish mumkinki, yuqoridagi kabi jarayonlar odam singari yirik, koʻp hujayrali organizmlarda u qadar oddiy tarzda kechmaydi. Sizning murakkab tuzilishga ega boʻlgan tanangizda 30 trilliondan ortiq hujayralar mavjud va ularning aksariyati tashqi muhit bilan bevosita aloqaga ega emas.11start superscript, 1, end superscript Tananing ichki qismlaridagi hujayralar, masalan, suyakdagi yoki jigardagi hujayralar zarur boʻlgan ozuqa moddalarini yoki kislorodni atrof-muhitdan bevosita ololmaydi.
Xoʻsh, tana oʻz hujayralarini qanday oziqlantiradi va oʻz faoliyatini qanday davom ettiradi? Keling, sizning ajoyib tana tizimingiz buni qanday qilib amalga oshirishini batafsil koʻrib chiqamiz.
Koʻp hujayrali organizmlar ixtisoslashgan tizimlarga muhtoj
Aksariyat koʻp hujayrali organizmlardagi hujayralarning koʻpchiligi va tashqi muhit oʻrtasida ozuqa moddalari hamda chiqindi moddalarning toʻgʻridan toʻgʻri almashinishi sodir boʻlmaydi, buning oʻrniga ular ichki muhit hisoblanuvchi hujayra tashqarisidagi suyuqlik bilan oʻralgan. Hujayralar ushbu suyuqlikdan kislorod va ozuqa moddalarini oladi va unga chiqindi moddalarini chiqaradi. Odamlar va boshqa murakkab organizmlar hujayralar ehtiyojlarini qondira oladigan holda ichki muhitni barqaror saqlovchi maxsus tizimlarga ega.
Tananing turli tizimlari turli xil funksiyalarni bajaradi. Masalan, ovqat hazm qilish tizimi ovqatni qabul qilish va oʻzlashtirish uchun javobgar, nafas olish tizimi esa qon aylanish tizimi bilan birga ishlagan holda kislorodni qabul qilish va karbonat angidriddan xalos boʻlish uchun javobgardir. Mushak va skelet tizimlari harakatlanishda muhim ahamiyatga ega; reproduktiv tizim koʻpayish jarayonlarini amalga oshiradi; ayirish tizimi organizmni metabolik chiqindi moddalardan xalos qiladi.
Ixtisoslashgani sababli ushbu turli xil tizimlar bir-biriga bogʻliqdir. Ovqat hazm qilish, mushak, skelet, reproduktiv va ayirish tizimlarini tashkil etuvchi hujayralar nafas olish tizimi orqali oʻzlashtiriladigan kislorodga muhtoj, shu oʻrinda nafas olish sistemasi hujayralari (boshqa tizim hujayralari singari) ozuqa moddalariga muhtoj va metabolik chiqindilardan xalos boʻlishlari kerak. Tananing barcha tizimlari organizmning doimiy ravishda ushlab turilishi va ishlashi uchun birgalikda faoliyat olib boradi.
Tana tuzilishi haqida umumiy maʼlumot
Barcha tirik organizmlar bir yoki koʻp sonli hujayradan iborat. Amyobalar singari bir hujayrali organimzlar faqat bitta hujayradan iborat. Odamlar kabi koʻp hujayrali organizmlar koʻp sonli hujayralardan tashkil topadi. Hujayralar hayotning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
Odamlar kabi murakkab koʻp hujayrali organizmlardagi hujayralar toʻqimalardan, maʼlum bir vazifada birga ishlaydigan oʻxshash hujayralar guruhlaridan tashkil topgan. Organlar – bu maʼlum bir funksiyani bajarish uchun tashkil etilgan ikki yoki undan ortiq toʻqimalardan iborat tuzilmalardir va tegishli funksiyalarga ega boʻlgan organlar guruhlari turli xil organ tizimlarini tashkil etadi.

Chapdan oʻngga: yakka mushak hujayrasi, mushak toʻqimasini tashkil etuvchi bir nechta mushak hujayralari, mushak toʻqimasidan iborat organ (siydik pufagi) va buyrak, siydik yoʻli, siydik pufagi va uretradaniborat organ tizimi.
Hujayralar, toʻqimalar, organlar va organ tizimlari – har bir darajada strukturalar funksiyalar bilan chambarchas bogʻliq. Masalan, ingichka ichakdagi ozuqa moddalarni oʻzlashtiradigan hujayralar tana harakati uchun zarur boʻlgan mushak hujayralaridan keskin farq qiladi. Yurakning tuzilishi butun tanani qon bilan taʼminlash vazifasini aks ettiradi, oʻpkaning tuzilishi esa kislorodni olish va karbonat angidridni chiqarib yuborishning samadorligini oshiradi.
To’qima turlari
Yuqorida koʻrganimizdek, har bir organ maʼlum bir vazifani bajarish uchun birga ishlaydigan ikki yoki undan ortiq toʻqimalardan, oʻzaro oʻxshash hujayralardan tashkil topgan. Odamlar va boshqa yirik koʻp hujayrali hayvonlar toʻrt turdagi toʻqimalardan iborat: epiteliy toʻqimasi, biriktiruvchi toʻqima, mushak toʻqimasi va nerv toʻqimasi.

Nerv toʻqimasi, koʻp qavatli yassi epiteliy toʻqimasi, yurak mushak toʻqimasi va ingichka ichakdagi biriktiruvchi toʻqima misolida keltirilgan toʻqimalarning toʻrt turi.
Organlar
Yurak, oʻpka, oshqozon, buyraklar, teri va jigar kabi organlar maʼlum bir funksiyani bajarish uchun tashkil etilgan ikki yoki undan ortiq toʻqima turlaridan iborat. Masalan, yurak qon haydaydi, oʻpka kislorodni olib, karbonat angidridni chiqarib yuboradi va teri ichki tuzilmalarni tashqi muhitdan himoya qilish uchun toʻsiq rolini bajaradi.
Aksariyat organlar toʻrtala toʻqima turini ham oʻz ichiga oladi. Ingichka ichakning qatlamli devorlari toʻqimalarning organ hosil qilishiga yaxshi misoldir. Ichakning ichki qismi epiteliy hujayralari bilan qoplangan, ularning bir qismi gormonlar yoki hazm fermentlarini ajratib turadi, boshqalari esa ozuqa moddalarni oʻzlashtiradi. Epiteliy qatlami atrofida bezlar, qontomirlar va neyronlar bilan navbatlashib keladigan biriktiruvchi toʻqima va silliq mushak qavatlari joylashgan. Silliq mushak ovqatni ichak orqali, oʻzi bilan bogʻliq boʻlgan neyronlar tarmogʻi nazorati ostida harakatlantiradi.22squared

Oshqozon-ichak traktining koʻndalang kesmasi. Tashqi tomondan ichkariga qarab: qontomirlar, silliq mushak qavatlaridagi nerv tarmoqlari, biriktiruvchi toʻqima, yana bir silliq mushak qavati, yana bir biriktiruvchi toʻqima qavati, epitelial toʻqima va oʻrtada boʻshliq – bu ovqat hazm boʻladigan yoʻl.
Organ tizimlari
Organlar maʼlum bir funksiyani bajarish uchun birgalikda ishlaydigan organ tizimlariga birlashadi.
Masalan, yurak va qontomirlar yurak-qontomir tizimini tashkil qiladi. Ular qon aylanishida birgalikda faoliyat koʻrsatadi, kislorod va ozuqa moddalarini tanadagi hujayralarga yetkazib, karbonat angidrid va metabolik chiqindi moddalarni olib ketadi. Yana bir misol – tanaga kislorod yetkazib beradigan va karbonat angidridni chiqarib yuboradigan nafas olish tizimi. Bunga burun, ogʻiz, halqum, hiqildoq, traxeya va oʻpkalar kiradi.

Ikkita jadval. Chap tomonda burun yoʻllari, traxeya va oʻpkalardan iborat nafas yoʻllari tasvirlangan diagramma. Oʻng tomonda yurak va qontomirlardan iborat qon aylanish tizimi tasvirlangan diagramma.
Turli xil organ tizimlari bir-biridan farq qiladi deb ayta olsak-da, bir tizimning tarkibiy qismlari boshqa tizimda ham maʼlum bir vazifani bajarishi mumkin. Masalan, ogʻiz nafas olish tizimiga ham, ovqat hazm qilish tizimiga ham tegishlidir.
Turli xil tizimlar orasida juda koʻp funksional moslanishlar mavjud. Masalan, yurak-qontomir tizimi hujayralarga kislorod va oziq moddalar yetkazib beradi deb oʻylasak-da, u haroratni saqlashda ham muhim rol oʻynaydi. Qon, shuningdek, endokrin tizim bezlari tomonidan ishlab chiqarilgan gormonlarni tashiydi, qolaversa, oq qon hujayralari immunitet tizimining muhim tarkibiy qismidir.

Download 57.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling