O’zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Download 153.2 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.06.2023
Hajmi153.2 Kb.
#1530112
Bog'liq
2 5409192051507996273



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI 
VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI 
 
 
 
TT 11-22 GURUH TALABASINING 
“Akademik yozuv” fanidan 
 
MUSTAQIL ISH 
 
 
Bajardi: 
 
 
 
 
 
 
 
 Turdiyev. SH 
 
 
 
QARSHI – 2023 
 


TAQRIZ YOZISH 
Bugungi internet olami, turli ijtimoiy tarmoqlar, yozma, audio, video 
shaklida kitoblarga bagʼishlangan taqrizlar, taassurotlar zamonaviy tilda aytganda 
revyular bilan toʼla. Instgram yutub orqali yuritilayotgan mashhur bukbloglar omma 
nazariga tushgan. Xoʼsh ularning muvaffaqiyati sabablari qaerda? Аsarlar haqidagi 
bildirayotgan 
fikrlari 
ilmiylikka 
mos 
keladimi? 
Quyidagi maqolani oʼqib oʼsha bloglarga baho berishingiz mumkin. 
Аvvalo oʼqigan kitobi haqida qanday yozish har kimni oʼz xohishi, buni maʼlum bir 
qoidalar bilan qolipga solib qoʼyish, kitobxon tasavvurini cheklashdek gap. Аsar 
sizga yoqdimi u haqida bizga nimanidir aytmoqchimisiz, oʼz bilganingizcha 
yozavering bunda qandaydir qoidalarga boʼy sunish, yoki kimlarningdir 
tanqidlaridan qoʼrqish shart emas. Shunday boʼlsada taqriz haqida bilib qoʼysangiz 
ziyon 
boʼlmaydigan 
jihatlar 
bor. 
Taqriz – adabiy tanqid sohasidagi eng kichik janrlardan biri. Taqriz – badiiyat 
olamidagi “razvedka” vositasi. Uning vazifasi ixcham ommabop tahlil orqali 
asarning adabiy jarayon va yozuvchi ijodiyotidagi oʼrnini aniqlash, yutuq va 
kamchiliklarini koʼrsatish, isbotlash va baholash, unga kitobxonning eʼtiborini 
qaratishdan iborat. Bu janr shunisi bilan xarakterliki, keng jamoatchilikning asarni 
qanday qabul qilishi maʼlum jihatdan uni baholagan, tahlil qilgan dastlabki 
taqrizlarga bogʼliq. Haqqoniy taqriz asar haqida jamoatchilik fikrining 
shakllanishiga taʼsir koʼrsatadi. Taqrizchi asar mohiyatini ilmiy-estetik tahlil qilish 
orqali u haqida kitobxonning tasavvur koʼzini ochadi. Shu oʼrinda taqrizchi 
masʼuliyati degan muhim masala kelib chiqadi. Аgar taqrizchi ilmiy-estetik jihatdan 
kuchli boʼlsa, mulohazalari asosli va teran boʼlsa, ilmiy jamoatchilikka ham, 
kitobxonlarga ham, adabiyotga ham naf keltiradi. Va, aksincha boʼlsa: qimmatli 
asarni didsizligi tufayli inkor etsa yoxud boʼsh asarni madh etsa, adabiy 
jamoatchilikni ham, kitobxonni ham chalgʼitadi. Shu maʼnoda taqrizchini 
tibbiyotdagi 
tashxis 
qoʼyuvchiga 
qiyoslasa 
boʼladi. 
Аrabcha “biror asarni maqtab yozish” degan maʼnoni anglatuvchi taqriz janrida 
qisqa tahlil orqali asarga va uning mohiyatiga hamda badiiyatiga berilgan baho 


yetakchi unsur hisoblanadi. Taqrizda vijdonan, bilimdonlik va masʼuliyat bilan 
amalga 
oshirilgan 
tahlil 
zarur. 
Taqriz yozuvchi shaxs asarga oʼz shaxsiyat-u hissiyoti nuqtayi nazaridan emas, balki 
umumxalq fikridan kelib chiqib hukm chiqarishi kerak. “Menga yoqadi, menga 
yoqmaydi” qabilidagi iboralar taom, vino, yoʼrgʼa otlar, chopqir itlar, kiyim-kechak 
va 
boshqalar 
haqida 
gap 
ketayotgandagina 
qimmatlidir. 
Taqriz – bu asardan olingan taassurot yoki subʼektiv munosabat yoinki, asar 
syujetining quruqqina tavsifi emas, balki asarning mavzu va gʼoyasi, syujeti, 
obrazlar badiiyati asosli parchalar orqali ochib berilgan haqqoniy ilmiy-estetik 
tahlildir.

Download 153.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling