Akademik yozuv Mavzu : Taqriz matni tuzuvchi: Qazaqov Mansurbek


Download 0.68 Mb.
Sana19.08.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1668443
Bog'liq
1334735.pptx

Akademik yozuv Mavzu : Taqriz matni tuzuvchi: Qazaqov Mansurbek

Taqriz – adabiy tanqid sohasidagi eng kichik janrlardan biri. Taqriz – badiiyat olamidagi “razvedka” vositasi. Uning vazifasi ixcham ommabop tahlil orqali asarning adabiy jarayon va yozuvchi ijodiyotidagi oʼrnini aniqlash, yutuq va kamchiliklarini koʼrsatish, isbotlash va baholash, unga kitobxonning eʼtiborini qaratishdan iborat. Bu janr shunisi bilan xarakterliki, keng jamoatchilikning asarni qanday qabul qilishi maʼlum jihatdan uni baholagan, tahlil qilgan dastlabki taqrizlarga bogʼliq. Haqqoniy taqriz asar haqida jamoatchilik fikrining shakllanishiga taʼsir koʼrsatadi.

Taqrizchi asar mohiyatini ilmiy-estetik tahlil qilish orqali u haqida kitobxonning tasavvur koʼzini ochadi. Shu oʼrinda taqrizchi masʼuliyati degan muhim masala kelib chiqadi. Аgar taqrizchi ilmiy-estetik jihatdan kuchli boʼlsa, mulohazalari asosli va teran boʼlsa, ilmiy jamoatchilikka ham, kitobxonlarga ham, adabiyotga ham naf keltiradi. Va, aksincha boʼlsa: qimmatli asarni didsizligi tufayli inkor etsa yoxud boʼsh asarni madh etsa, adabiy jamoatchilikni ham, kitobxonni ham chalgʼitadi. Shu maʼnoda taqrizchini tibbiyotdagi tashxis qoʼyuvchiga qiyoslasa boʼladi.

Taqrizda vijdonan, bilimdonlik va masʼuliyat bilan amalga oshirilgan tahlil zarur. Taqriz yozuvchi shaxs asarga oʼz shaxsiyat-u hissiyoti nuqtayi nazaridan emas, balki umumxalq fikridan kelib chiqib hukm chiqarishi kerak. “Menga yoqadi, menga yoqmaydi” qabilidagi iboralar taom, vino, yoʼrgʼa otlar, chopqir itlar, kiyim-kechak va boshqalar haqida gap ketayotgandagina qimmatlidir.

Taqriz - sаylаnmа bаyоnning bir turi. U bаdiiy, ilmiy, mеtоdik vа bоshqа аsаrlаrgа bеrilgаn bаhоdir. Taqrizdа аsаr tаnqidiy tаhlil еtilаdi, shu nuqtаi nаzаrdаn bаhоlаnаdi. Аsаrning yutuqlаri hаm, nuqsоnlаri hаm ko‘rsаtilаdi. Tаqrizchi o‘zining dа’vоlаrini turli dаlillаr аsоsidа isbоtlаy bоrаdi, аsаrgа ilmiy izоhlаr bеrаdi. Taqriz yоzish оdоbi хоlislikni, hаqiqаtdаn chеtlаshmаslikni tаlаb еtаdi. Tаqriz qilinаyоtgаn аsаrning yutuq vа kаmchiliklаri, nаzаriy vааmаliy аhаmiyati hаqqоniy ko‘rsаtilishi lоzim. Аsаrgа bаhо bеrishdа muаllifning shахsiyati, оbro‘si еmаs, bаlki uning (аsаrning) хususiyatlаri, аhаmiyati ko‘zdа tutilаdi.

Taqriz yozishda quyidagi sxemaga amal qilinadi: 1. Tezis (umumiy holati) va uni ochib berish. 2. Kitob (film, teatr, maqola)ning baholanishi. Taqrizning boshlang‘ich qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi: Kitob (film, teatr, maqola)da hikoya qilinadi. Kitob (film, teatr, maqola)da muammolar ko‘tariladi. Taqrizni baholash qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi: Men … hisoblayman … Mening fikrimcha… Mening nazarimda… … menga yoqdi. … menda katta taassurot uyg‘otdi. Kitob (film, teatr, maqola) … o‘rgatadi.

E’tiboringiz uchun rahmat!!!


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling