O‘zbekiston respublikasi referendumi o‘tkazuvchi 337-uchastka komissiyasining qarori


Download 179.5 Kb.
bet1/2
Sana06.05.2023
Hajmi179.5 Kb.
#1433835
  1   2
Bog'liq
qaror





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI REFERENDUMI O‘TKAZUVCHI 337-UCHASTKA KOMISSIYASINING
QARORI


2023 yil “____” ________ ______-son Qarshi tumani

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI REFERENDUMI O‘TKAZUVCHI


337-UCHASTKA KOMISSIYASI A’ZOLARINING VAZIFALAR TAQSIMOTI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil 28-iyundagi “Referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 1172-sonli qaroriga muvofiq uchastka komissiyasi
Q A R O R Q I L A D I:

1. O‘zbekiston Respublikasi referendumi o‘tkazuvchi 337-uchastka komissiyasi a’zolarining vazifalar taqsimoti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Uchastka komissiyasi a’zolari o‘z vazifalarini ijro etishda O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining uslubiy tavsiyalariga rioya etsinlar.


3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish 337-uchastka komissiyasi raisining o‘rinbosari _______________ zimmasiga yuklansin.


Komissiya raisi ______________
Referendum o‘tkazuvchi 337-uchastka komissiyasiyasining
2023-yil “_____” apreldagi
__
____-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi referendumi o‘tkazuvchi
337-uchastka komissiyasi a’zolarining
VAZIFALAR TAQSIMOTI

Uchastka komissiyasi raisi:

  • Uchastka komissiyasi faoliyatiga rahbarlik qiladi;

  • komissiya majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi va uni o‘tkazish tartibini belgilaydi;

  • komissiya a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;

  • davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, jamoat birlashmalari bilan munosabatlarda komissiya nomidan ishtirok etadi;

  • Uchastka komissiyasi joylashgan bino va ovoz berish xonasining jihozlanishini tashkil etadi;

  • Uchastka komissiyasi karorlari, komissiya raisining o‘rinbosari, kotibi va a’zolarining guvohnomalari hamda boshqa xujjatlarni imzolaydi;

  • jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni komissiya a’zolari o‘rtasida ko‘rib chiqish uchun taqsimlaydi;

  • ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirish uchun uchastka komissiyasi a’zolarining uyma-uy aylanib chiqishini tashkillashtiradi va muvofiqlashtirib boradi.

  • uchastka komissiyasi a’zolarining ovoz berish kunidagi vazifalarini belgilaydi;

  • mahalliy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari bilan komissiya nomidan ish olib boradi;

  • referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonidagi huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, bu haqida okrug komissiyasini yoki huquqni muxofaza kiluvchi organlarni xabardor qiladi.

Uchastka saylov komissiyasi raisi uz vakolatlarini ba jara olmagan, shuningdek uchastka saylov komissiyasi raisi bulmagan taqdirda, uning vakolatlari rais o‘rinbosari yoki uchastka saylov komissiyasi karori bilan komissiya a’zolaridan birining zimmasiga yuklatiladi.

Download 179.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling