O‘zbekiston respublikasi referendumi o‘tkazuvchi 337-uchastka komissiyasining qarori
Uchastka komissiyasi raisi o‘rinbosari
Download 179.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqqaror
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchastka komissiyasi kotibi
- Uchastka komissiyasi a’zosi
Uchastka komissiyasi raisi o‘rinbosari:
uchastka komissiyasi a’zolarining malakasini oshirish va ularning faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlashni tashkil etadi; ommaviy axborot vositalari vakillari bilan aloqalar o‘rnatadi, ularda komissiya faoliyatini har tomonlama yoritilishini tashkillashtiradi; mahalliy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni tegishli referendum komissiyasi tomonidan berilgan hujjatlar asosida ro‘yxatga olishni tashkillashtiradi; jismoniy va yuridik shaxslarni, shuningdek ularning vakillarini qabul qiladi va ularning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqishni tashkil etadi; uchastka komissiyasi a’zolarini jalb etgan holda komissiya qarorlari ijrosini ta’minlaydi; uchastka komissiyasi raisining topshiriqlarini bajaradi; o‘z vakolatlari doirasida uchastka komissiyasining boshqa a’zolariga topshiriqlar beradi. Uchastka komissiyasi kotibi: majlislarni tashkillashtiradi, muhokama etiladigan masalalar bo‘yicha qaror va boshqa xujjatlar loyihalarini tayyorlaydi; majlis o‘tkazilish vaqti va joyi haqida xabardor qiladi; rais va rais o‘rinbosari topshiriqlarini bajaradi; ish xujjatlarini nomenklatura asosida yuritib boradi; okrug komissiyasi kotibidan SJBATga kirish uchun tegishli ma’lumotlarni oladi; ovoz beruvchi fuqarolarning ruyxatini SYaERdan yuklab oladi va komissiya raisiga taqdim etadi; referendum qonunchiligiga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Uchastka komissiyasi a’zosi: uchastka komissiyasi raisi tomonidan taqsimlangan taqsimotga asosan o‘ziga yuklatilgan vazifalarni hamda rais va uning o‘rinbosari topshiriqlarini o‘z vaqtida, sifatli bajaradi; uchastka komissiyasi majlislarida qatnashadi; ko‘rib chiqish o‘ziga yuklatilgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi; uchastka komissiyasi raisi tomonidan ovoz berish kunidagi belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi; referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonidagi huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ular haqida darhol rais yoki rais o‘rinbosarini xabardor qiladi; ovoz beruvchi fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi xujjati asosida uning ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatidagi ma’lumotlarini tekshiradi, unga ovoz berish uchun ovoz berish byulletenini imzo quydirib topshiradi; kuzatuvchilarga va ommaviy axborot vositalari vakillariga referendum jarayonini kuzatish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Download 179.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling