O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot instituti


Download 118.26 Kb.
bet1/4
Sana23.12.2022
Hajmi118.26 Kb.
#1047816
  1   2   3   4
Bog'liq
буйрук докторантура лотин




O`zbekiston Respublikasi
Sog`liqni saqlash vazirligi
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot instituti






Ministry of Health


of the Republic of Uzbekistan
Bukhara State Medical Institute named after Abu Ali Ibn Sino




B U Y R U Q

_____”_____ 2022 yil ________ Buxoro shahri


2023 yilda Buxoro davlat tibbiyot institutida doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilik (PhD va DSc) institutiga qabulni tashkil etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 26 sentyabrdagi 01-10/5356-son xati, Innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu.Abduraxmonov tomonidan 2022 yil 26 sentyabr kuni tasdiqlangan ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimida davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga 2023 yil uchun qabul kvotalarining ilmiy va ta’lim tashkilotlari bo‘yicha taqsimoti ijrosini ta’minlash maqsadida


BUYURAMAN:

  1. O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 26 sentyabrdagi 01-10/5356-son xati, Innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu.Abduraxmonov tomonidan 2022 yil 26 sentyabr kuni tasdiqlangan ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimida davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga 2023 yil uchun qabul kvotalarining ilmiy va ta’lim tashkilotlari bo‘yicha taqsimoti ijro uchun qabul qilinsin.

  2. 2023 yilda Buxoro davlat tibbiyot institutiga davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga doktorantura va tayanch doktoranturaga qabulning mutaxassisliklar kesimidagi taqsimoti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  3. Tayanch doktoranturaga kirish uchun da’vogarlardan mutaxassislik bo’yicha imtihon o’tkazish bo’yicha komissiya a’zolarining ro’yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;

  4. Tayanch doktoranturaga kirish uchun da’vogarlardan ingliz tili bo’yicha imtihon o’tkazish bo’yicha komissiya a’zolarining ro’yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;

  5. Tayanch doktoranturaga kirish uchun da’vogarlardan mutaxassislik va ingliz tili bo’yicha imtihon, mustaqil izlanuvchilik (PhD va DSc) institutiga davogarlar bilan suhbat o’tkazish grafigi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;

  6. 2023 yil uchun mustaqil izlanuvchilik (PhD va DSc) institutiga davogarlarni suhbatdan o’tkazish bo’yicha komissiya a’zolarining ro’yxati 5-ilovaga muvofiq tasadiqlansin;

  7. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor (S.S.Davlatov)ga:

- doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilik (PhD va DSc) institutiga qabul qilish jarayonini o’rnatilgan tartibga muvofiq ochiq, shaffof va samarali tashkil etilsin.
- doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilik (PhD va DSc) institutiga qabulni tashkil etish maqsadida ishchi guruh quyidagi tarkibda tuzilsin: tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent S.S.Davlatov - rais, t.f.d., professor Sh.I.Navro‘zova - a’zo, t.f.d. (DSc) F.E.Nurboyev - a’zo, (DSc) M.B.O’rinov – a’zo, (DSc) D.A.Xasanova - a’zo, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) N.Sh.Axmedova - a’zo, (DSc) M.R.Mirzaeva - a’zo, t.f.n. U.S.Mamedov - a’zo, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent F.Sh.Oripova – a’zo, S.A.Raufov - kotib.
- qabul komissiyasi doktoranturaga kirish imtihonlari va suhbat jarayonini video kuzatuv ostida (onlayn translatsiya) o’tkazilishi ta’minlansin.
8. Mazkur buyruq ijrosi nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 26 sentyabrdagi 01-10/5356-son xati, Innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu.Abduraxmonov tomonidan 2022 yil 26 sentyabr kuni tasdiqlangan ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimida davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga 2023 yil uchun qabul kvotalarining ilmiy va ta’lim tashkilotlari bo‘yicha taqsimoti.

Download 118.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling