Kindik xanjarsimon o‘siq bilan qov simfizi o‘rtasida joylashgan bo‘lib, 4 qavatdan iborat: teri,
chandiq qavat, kindik fassiyasi, parietal qorin parda.
6. Ko‘ndalang fatsiya qorin ichi fatsiyasining davomi bo‘lib, qorin old-yon devorini ichki tomondan
qoplaydi.
7. Qorin parda oldi kletchatkasi qorin pardaning parietal varag‘ini ko‘ndalang fatsiyadan ajratib
turuvchi yog‘ to‘plami bo‘lib hisoblanadi.Bu kletchatkada quyidagi qon-tomirlar o‘tadi:
* a.epigastrica inferior tashqi yonbosh arteriyasining tarmog‘I bo‘lib, yuqoriga qorin pardaning
parietal varag‘I va ko‘ndalang fatsiya orasidan yo‘naladi va qorin to‘g‘ri muskulining g‘ilofiga
kiradi.
* a.circumflexa ilium profunda tashqi yonbosh arteriyasining tarmog‘I bo‘lib, chov boylamiga
parallel va yonbosh suyagi qirrasiga yo‘naladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |