O‘zbеkistоn rеspublikаsi sog‘liqni saqlash vazirligi аbu аli ibn sinо nоmidаgi buхоrо dаvlаt tibbiyot instituti anatomiya, klinik anatomiya (oxta) kafedrasi
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
klinik anatomiya va oxta
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. anulus inguinalis profundus
- Chov kanali ichidan erkaklarda
Chov kanali halqalari:
87 1. anulus inguinalis superficialis. Qorin tashqi qiyshiq mushak aponevrozi 2 ta oyoqchaga ajraladi: crus medialis-qov simfiziga, crus lateralis-qov do‘mbog‘iga birikadi. Hosil bo‘lgan yoriq fibrae intercruralis va lig reflexum yordamida bekitiladi. 2. anulus inguinalis profundus ko‘ndalang fassiyadan hosil bo‘lgan. Devorlari: 1. oldingi – qorin tashqi qiyshiq mushak aponevrozi; 2. orqadan – ko‘ndalang fassiya; 3. yuqoridan – ichki qiyshiq va ko‘ndalang muskullarning pastki qirg‘og‘i; 4. pastdan – chov boylami. Chov kanalining yuqori va pastki devorlari orasidagi yoriq chov yorig‘I deb yuritiladi.bu yoriq 3 xil shaklda uchraydi: yoriqsimon-oval,oval-oraliq, uchburchak. Chov kanali ichidan erkaklarda funiculus spermaticus, n.ilioinguinalis, r.genitalis n.genitofemoralis o‘tadi. Ayollarda lig.teres uteri, n.ilioinguinalis, r.genitalis n.genitofemoralis o‘tadi. S ON KANALI .( CANALIS FEMORALIS ) Chov boylami (lig.inguinalis) bilan tosning yonbosh va qov suyaklari orasida kamgak joy bo‗lib, u orqali tos bo‗shlig‗i son bilan tutashadi. Chov boylamidan boshlanib tos suyagiga yopishuvchi yonbosh-taroqsimon ravog‗i (arcus iliopectineus) kamgakni lateral va medial qismlarga bo‗ladi. Lateral qismi medial qismiga nisbatan kattaroq bo‗lib, muskul lakunasi (lacuna musculorum) deb yuritiladi: chunki uni asosan yonbosh-bel muskuli (m.iliopsoas) to‗ldirib turadi. Bu yerda muskuldan tashqari son nervi (n.femoralis)ham o‗tadi. Kamgakning medial qismi orqali sonning asosiy qon tomirlari o‗tadi, shuning uchun ham bu qism tomir lakunasi (lacuna vasorum) nomini olgan. Tomir lakunasidagi son arteriyasi son venasining tashqari tomonida yotadi; venaning ichkari tomoni bilan qov suyagi orasida g‗ovak kletchatka bilan to‗lgan kichikkina bo‗sh joy bor. Unda chuqur chov (Rozenmyuller) limfa tuguni joylashadi. Bu zaif joy qorin bo‗shlig‗i bilan bevosita chegaradosh bo‗lgani uchun ham, u orqali qorinning ichki a‘zolari qorinpardaga o‗ralgan holda songa, serbar fassiyaning yuza va chuqur varaqlari orasiga, so‗ngra yuza varaqdagi oval teshik orqali son terisi ostiga chiqishi mumkin. Bunday xastalik son churrasi (hernia femoralis) deb yuritiladi. Son churrasida churra xaltasining teri ostiga chiqishi natijasida son kanali (canalis femoralis) deb ataluvchi kanal paydo bo‗ladi. Uning orqa va oldingi devorlarini mos ravishda serbar fassiyaning yuza va chuqur varaqlari, tashqi devorini son venasi hosil qiladi. Kanalning chuqur halqasi (teshigi) (anulus femoralis) tomir lakunasida joylashgan bo‗lib, uni oldindan chov boylami, orqadan taroqsimon (Kuper) boylami, lig.pectineale (Cooper), tashqaridan son venasi, ichkaridan kamgak (Jimbernat) boylami (lig.lacunare) chegaralaydi. Kanalning yuza halqasini teri osti yorig‗i (hiatus saphenus) tashkil qiladi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling