Mа‘ruzа bаyoni
Q
ORIN OLD
-
YON DEVORI SOHALARI
Ikkita o‘tkazilgan gorizontal chiziq yordamida qorin-old-yon devoi uch qavatga bo‘linadi:
Birinchi gorizontal chiziq (linea bicostarum)10 qovurg‘alarning pastki uchlarini, ikkinchi
gorizontal chiziq (linea bispinalis) spina iliaca anterior superiorlarni tutashtiradi. Natijada qorin old-
yon devoi 3 qavatga ajraladi:epigastrium, mezogastrium,hypogastrium .
Qorin to‘g‘ri muskulning lateral qirrasi bo‘ylab o‘tkazilgan o‘ng va chap bo‘ylama chiziqlar
yordamida 9 ta sohaga bo‘linadi.
1.Regio hypochondrica dextra et sinistra, ortada toq soha regio epigastrica propria
2. Regio abdominalis lateralis dextra et sinistra, ortada toq soha regio umbilicalis
3. Regio ilioinguinals dextra et sinistra, ortada toq soha regio suprapubica
Qorin bo‘shlig‘idagi a‘zolarning qorin old-yon devoridagi aks-tasviri.
1. Regio epigastrica propria - oshqozon, jigarning chap bo‘lagi, pancreas, duodenum;
2. Regio hypochondrica dextra – jigarning o‘ng bo‘lagi, o‘t pufagi, ko‘ndalang chambar ichakning
o‘ng bukilmasi, o‘ng buyrakning yuqori qutbi;
3. Regio hypochondrica sinistra – oshqozon tubi, taloq, osqozon osti bezining dum qismi,
ko‘ndalang chambar ichakning o‘ng bukilmasi , chap buyrakning yuqori qutbi;
4. regio umbilicalis – osqozon katta egriligi, dyodenumning pastki gorizontal va ko‘tariluvchi
qismi, och va yonbosh ichak qovuzloqlari, buyraklarning darvozalari, siydik yo‘li;
5. Regio abdominalis lateralis dextra- ko‘tariluvchi chambar ichak, ingichka ichak qovuzloqlari
o‘ng buyrakning pastki qutbi;
6. Regio suprapubica – siydik pufagi, siydik yo‘llarining pastki qismi, bachadon, ingichka ichak
qovuzloqlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |