Skeletotopiyasi:O‘t pufagi I-II bel umurtqasi sohasida, uning bo‘yinchasi ko‘pgina hollarda XII
ko‘krak va I bel umurqasi sohasida akslanadi.
Sintopiyasi.O‘t pufagidan yuqorida va oldinda jigar, chapda-puloris, o‘ng va pastda-yo‘g‘on
ichakning jigar egriligi joylashadi. O‘t pufagining tanasi ko‘ndalang chambar ichakka, bo‘yinchasi
o‘n ikki barmoqli ichakning piyozchasiga, jigarning oldingi pastki qirg‘og‘idan 3 sm chiqib turuvchi
tubi esa qorinning oldingi devoriga tegib turadi. O‘t pufagi qorin parda bilan uch tomonlama: pastdan
va yon tomondan o‘ralgan.
Qon bilan ta‘minlanishi. O‘t pufagini pufak arteriyasi (a.cystica) qon bilan ta‘minlaydi.Bu arteriya
o‘ng jigar arteriyasidan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |