O‘zbеkistоn rеspublikаsi sog‘liqni saqlash vazirligi аbu аli ibn sinо nоmidаgi buхоrо dаvlаt tibbiyot instituti anatomiya, klinik anatomiya (oxta) kafedrasi
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
klinik anatomiya va oxta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Jigar rezekstiyasi. K o‘ r s a t m a l a r. Qator hollarda jigarning jaroxatlanishi oqibatida
qon ketishini to‘xtatish uchun uning jaroxatlangan qismini rezekstiya qilish talab qilinadi. Shuningdek, rezekstiya jigar o‘smalarida xam qo‘llanadi. Jigar rezekstiyasining ikki xil usuli farq qilinadi: atipik organning bir qismini uning bo‘lakli yoki segmentlar tuzilganini xisobga olmagan xolda va qon tomiri kam oraliqlar chizig‘i bo‘ylab (segmentlar rezekstiya) olib tashlanishi lozim bo‘lgan segment yoki jigar bo‘lagi oyoqchasidagi qon tomirlar va o‘t yo‘lini oldindan bog‘lab, olib tashlash. 99 Ko‘rsatib o‘tilgan ikkala rezekstiya turlarining afzalligi va kamchiligi xam bor. Olib tashlanadigan sog‘lom to‘qima xajmi nuqtai nazaridan qaraganda atipik rezekstiya ancha tejamlidir. Bundan tashqari, anatomik rezekstiyaga qaraganda tezroq va oldinroq bajariladi. Ammo rezekstiyaning bu turida xavfli va boshqarib bo‘lmaydigan qon ketishlar, shuningdek, qoldirilayotgan sog‘lom segmentlar qon tomir va o‘t yo‘llarining bog‘lanishi tufayli ularda nekrozlar kelib chiqishi mumkin. Anatomik rezekstiyaning afzalligi shundaki, avvalo operasiyaning bu turida olib tashlanadigan jigar parenximasining xajmi atipik rezeksiyadagidan ko‘ra ko‘proq bo‘lsada, operastiya paytidagi gemostaz yaxshi bo‘ladi. Jigar bo‘lagi anatomik rezeksiyasining asosiy momentlari quyidagilardan iborat: - jigarning olib tashlanadigan qismidagi glisson oyoqchasi elementlarini ajratish va bog‘lash; - kaval darvozalarda jigar venalarini bog‘lash; - jigarni bo‘laklararo yoriqda kesish; - jaroxat yuzasini yopish. Jigar rezekstiyalarida ko‘p qon ketish xavfi bo‘ladi, shuningdek ochilib turadigan cho‘ltoq orqali emboliya ro‘y bersa, jigar venalari kesiladi, ana shular tufayli bunday operasiyaning ancha mukammal usullarini ishlab chiqish zarur bo‘lib qoldi. Amerikalik jarroxlar Shave Peon va Gonzales (1970) jigarni vaqtinchalik 20 minutga qon aylanishdan chiqarib va pastki kavak venaga shishirilgan manjetkali shunt o‘tkazib, jigarni rezekstiya qilish operastiyasi modelini taklif qildilar. Endokoval shunt qo‘yish, pastki kavak venani diafragma ustida uning ichiga shishiriladigan manjetkani kiritib yopish, shu tufayli jigar to‘qimasi kesilgandan so‘ng xavo emboliyalari xavfini yo‘qotish shuningdek, jigardan ketayotgan qonni xususiy jigar arteriyasi, darvoza venasi qo‘yiladigan joydan pastda siqish orqali kamaytirish maqsadlarini ko‘zlaydi. Qon operastiya paytida pastki kavak venaning jigar usti va jigar osti bo‘limlaridan endokoval zond orqali shuntga o‘tib ketadi. Xulosa qilib shuni ta‘kidlash kerakki, ya‘ni jigar operasiyalarida qon ketishiga qarshi kurashda, birinchi navbatda charvi teshigi orqali o‘tkazilgan barmoq yoki yumshoq qisqich bilan jigar o‘n ikki barmoq ichak boylamidan o‘tadigan jigar tomirlarini bosish kabi oddiy usul haqida unutmaslik kerak. O.K.Skobelkin (1979) parenximatoz organlar operastiyalarida SO 2 lazer nurlarining qo‘llanishi to‘g‘risida ma‘lumot beradi. Ammo bu nurning qo‘llanishi qon ketishini to‘xtatish muammolarini to‘la xal qila olmaydi, chunki uning koagulyastiyalash xususiyati kesiladigan qon tomirlarining diametri 2 sm dan ko‘p bo‘lmagan xoldagina samara beradi, xolos. Ancha yirik tomirlardan kelganda lazer qo‘llanishiga qaramasdan ularni tikish materiallari bilan bog‘lash orqali qonni to‘xtatishga to‘g‘ri keladi, bu esa xar doim xam istagan natijani beravermaydi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Shоmirzaev N.Х., Sa‘dullaev N.S., Bоtirоva Z.B. Оperativ jarrоhlik. - Tоshkent: ―Ibn Sinо‖ nashriyoti, 1994. 2.Shomirzayev N.H., Nazarov S.X., Usmonov R.J. Topografik anatomiya. T.: Akademiya, 2006 Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling