O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Qipiqsimon tangachali qoplama (sguama)
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
bolalar teri teri osti yog qavati propedevtikasi.
Qipiqsimon tangachali qoplama (sguama) - epidermis muguz qavatining
to’g’ilishidan paydo bo’ladi. To’kilayotgan qoplama har hil kattalikda bo’lishi mumkin: 5 mm dan katta bo’lsa yaproqsimon, 1-5 mm oralig’ida bo’lsa plastinkasimon, juda mayda bo’lsa - qipiqsimon teri to’qilishi deyiladi. Teri to’qilishi qizamiq, skarlatinadan tashqari, seboreya va psoriazda kuzatiladi. Terini ko’rikdan o’tkazganda soch va tirnoqlar holatiga ahamiyat berish lozim. Odatda soch yarqiroq ko’rinishda bo’ladi. Sochni baholashda uning o’sishiga, ko’p (ayniqsa orqa va oyoqlarda) yoki kamligiga ahamiyat beriladi. Boshda sochning taroqsimon o’sishi, bolalarda ekssudativ diatezda uchraydi. Mayin tukning peshonada ko’p o’sishi bolalarda pilorospazmda, ensa sohasida sochni to’kilishi- raxitda, perinatal entsefalopatiyada, qo’l-oyoqlarda va orqada sochni ko’p o’sishi silda kuzatiladi. Sochni siyrak, qattiq, mo’rt bo’lib o’sishi gipoteriozga xosdir. Qov sohasida sochni bevaqt o’sishi ichki sekretsiya bezlari vazifasini buzilishi bilan bog’liqdir. Umurtqa pog’onasining bel va dumg’aza sohasida sochni ko’proq o’sishi umurtqaning tug’ma berkilmay qolishida (spina bifida) kuzatiladi. Boshda sochning o’choqli to’klishi (kallik) zamburug’ kasalliklariga xos. Soch va tirnoqning tug’ma rivojlanmaganligi, terini irsiy distrofiya belgisi bo’lishi mumkin. Tirnoqlar shaklini o’zgarishi, noto’g’ri o’sishi tirnoq zamburug’ kasalligida, qalqonsimon bez kasalligida yoki tirnoqni tug’ma ektodermal distopatiyasida kuzatiladi.
og’riq sezmasligi zarur. Shifokorning qo’li iliq, toza, quruq bo’lishi shart. 23
Tekshirish davomida bolaning holati, mimikasini kuzatib turish va uning diqqatini boshqa tomonga chalg’itish kerak. Terining qalinligi, elastikligi, egiluvchanligi, namligi va haroratini paypaslab aniqlanadi. Terining elastikligini aniqlash uchun, teri osti yog’ qavati sust rivojlangan sohadan (ko’krak qafasi oldi qismida qovurg’alar ustida, qo’l kaftining ustki qismida, tirsak bo’g’imida) o’ng qo’lning katta va ko’rsatkich barmoqlari bilan burma hosil qilib yig’iladi va qo’yib yuboriladi. Agar burma birdan tekislanib ketsa, teri elastik, agar burma sekin asta tekislansa, elastikligi pasaygan hisoblanadi. Kuchli kaxeksiyaga olib keluvchi kasalliklarda, me’da-ichak kasalliklarida, qisqa vaqtda suyuqlik yo’qotish natijasida teri yupqalanadi va elastikligini yo’qotadi.
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling