O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent pediatriya tibbiyot instituti


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/45
Sana05.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#226164
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45
Bog'liq
bolalar teri teri osti yog qavati propedevtikasi.

Terining namligi. Tananing simmetrik sohalarida shifokor barmoqlari bilan 

silab ko’rish yo’li orqali ko’krakda, tanada, qo’ltiq ostida, chov oralig’ida, qo’l va 

oyoqlarda,  tovonda,  kaftda  aniqlanadi.  Go’dak  bolalarda  namlikni  ensa  sohasida 

aniqlanish  muhim  o’rin  tutadi. 

Sog’lom 

bolada 


terining 

me’yordagi 

namligi 

kuzatiladi. 

Terining  haddan  tashqari  quruqligi 

qandli 


diabetda, 

ixtiozda, 

miksedemada  (shilliqli  shishda), 

katta 


bolalardagi 

ozishda, 

gipovitaminozda, 

kaxeksiyada, 

uzoq  vaqt  yuvinmagan  bolalarda  cho’milgandan  so’ng  kuzatiladi.  Teri  namligini 

ortishi  issiqlanish  natijasida  ko’p  terlaganda,  raxitda,  giperteriozda,  tana 

haroratining  keskin  tushishida  (bezgak,  qaytalama  tifda,  o’pkaning  krupozli 

zotiljamida), vegetativ asab tizimining buzilishida (ayniqsa o’smirlarda) kuzatiladi. 

16- rasm. Tug’ma ixtioz.                                           

Paypaslash orqali terining harorati 

ham  aniqlanadi.  Kasalliklarda  teri  harorati  pasayishi  va  ko’tarilishi  umumiy  tana 

haroratiga qarab o’zgaradi. Ammo ayrim xollarda, teri harorati mahalliy o’zgarishi 

mumkin.  Haroratning  mahalliy  ko’tarilishi  bo’g’imlar  yallig’lanishida,  teri 



 

24 


 

flegmonasi,  absessida  kuzatiladi.  Oyoq-qo’llarning  muzlashi  qon  tomirlar 

spazmida, markaziy va periferik asab tizimining shikastlanishidа kuzatiladi. Terini 

tekshirganda, teri qon-tomirlari holatini ham baholash lozim. 




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling