Chimchilash simptomi. To’shning yon yoki oldi tomonida ikkala qo’lning
bosh va ko’rsatkich barmoqlari bilan 2-3 mm oralig’ida teri burmasi hosil qilinib
(bunga teri osti yog’ qavati kirmaydi), qarama-qarshi tomonga suriladi.
Chimchilangan yerda gemarragiya paydo bo’lishi qon tomir mo’rtligini ortganidan
dalolat beradi.
Bolg’acha belgisi. Perkussiya bolg’achasi yordamida o’rtacha kuch bilan
bola og’riq sezmaydigan darajada, to’sh suyagi dastasiga urib ko’riladi. Terida
gemorragiya paydo bo’lishi ham qon tomir mo’rtligini ortganini ko’rsatadi.
Dermografizm
-
teridagi
qon
tomirlarning
mexanik
ta’sirotga
neyrovegetativ xarakterga ega bo’lgan javobidir. Buni tekshirishda o’ng qo’lni
ko’rsatkich barmog’ining yon tomoni yoki bolg’achaning dastasi bilan ko’krak
yoki qorin terisiga yuqoridan pastga qarab chiziladi. Bunda mexanik ta’sirot
yo’llarida paydo bo’lgan pushti rangdagi chiziq bir necha soniyadan so’ng
yo’qoladi. Oq yo’l (oq dermografizm)ni paydo bo’lishi simpatikotonik reaktsiyani
oshganligini ko’rsatadi. U odatda ekssudativ diatezda, skarlatinada uchraydi.
Pushti yoki qizil yo’l (qizil dermografizm) biroz uzoqrok saqlansa, bu
vagotoniyani, qon tomir tonusining pasayganligini ko’rsatadi. Ko’pincha, bu
meningitda, ichak toksikozida kuzatiladi. Meningitda dermografizm tezda paydo
25
bo’lib, qizil yo’l keng bo’ladi va uzoq saqlanadi. Aralash dermografizm chetlari oq
yo’lli qalin chiziq bilan o’ralgan pushti yoki qizil yo’ldan iborat bo’lib, qon tomir
distoniyasida kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |