O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent pediatriya tibbiyot instituti


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/45
Sana05.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#226164
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45
Bog'liq
bolalar teri teri osti yog qavati propedevtikasi.

Yumshoq to’qimalar  turgorini  aniqlashda o’ng qo’lning  bosh  va  ko’rsatkich 

barmoqlari  bilan  yelka  va  sonning  ichki  sohasida  yumshoq  to’qimalar  siqib 

ko’riladi.  Bunda  barmoqlarga  taranglik,  qarshilik  seziladi.  Agar  yumshoq 

to’qimalar  turgori  pasaygan  bo’lsa,  siqib  ko’rilganda  bo’shashishlik  seziladi.  Bu 

trofikani o’tkir va surunkali buzilishida kuzatiladi. 

 

Teri osti yog’ qavatini jarohatlanish semiotikasi. 

Paypaslaganda  teri  osti  yog’  qavatini  konsistentsiyasiga  ahamiyat  berish 

lozim. Paypaslab tekshirilganda teri osti yog’ qavatining ayrim joylari yoki hamma 

yerda  qattiqlashish-sklerema  bor  yo’qligi  aniqlanadi.  Skleredemada  teri  ostining 

qattiqlanishi bilan birga shish ham bo’lib, barmoq bilan bosilganda chuqurchа hosil 

bo’ladi.  Ko’pincha  sklerema  va  skleredema  chala  tug’ilgan  bolalarda,  sovuq 

harorat yoki suv yo’qotish ta’sirida, og’ir kasalliklarda (tug’ma infektsiya, miyaga 

qon quyulishida) kuzatiladi. 

 

Tekshirganda  shishlarning  borligi  va  uni  tarqalganligiga  ahamiyat  berish 



kerak.  Kuzatishda  bemorda  umumiy  shish  -  anasarka  yoki  chegaralangan  shish 

borligini  ko’rish  mumkin.  Chegaralangan  shish  zardob  kasalligida,  Kvinke 

shishida  va  ba’zi  yuqumli  kasalliklarda  uchraydi.  Oyoqda  shishninг  borligini 

aniqlash uchun o’ng qo’lning ko’rsatkich barmog’i bilan katta boldir suyagi ustiga 

bosiladi.  Sog’lom  bolalarda  o’yiqcha  hosil  bo’lmaydi.  Agar  bosganda  o’yiqcha 

hosil bo’lsa va sekin asta yo’qolsa, teri osti to’qimasida shish borligini ko’rsatadi. 

Agar  chuqurcha  yo’qolmasa,  bu  shilliq  shish  (miksedemada)  hisoblanadi. 

A’zoizmda  ko’zga  tashlanmaydigan  shish  bor  yo’qligini  aniqlashda  Mak-Klyur-

Oldrich sinamasi o’tkaziladi.  



 

31 


 

 


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling