Papula (papula) - teri satxidan biroz ko’tarilib turadigan, 1 - 3 mm
diametridagi yassi yoki qubbasimon element bo’lib, biriktiruvchi to’qima va
epidermis proliferatsiyasidan paydo bo’ladi. Papula dumaloq, poligenal,
konussimon shaklda bo’lishi mumkin. Papula ustidagi teri pushti-qizil, kulrang,
bo’z rangda bo’ladi. Papula qizamiq, qizilcha, gemarragik vaskulit, sepsisda
kuzatiladi. Qizamiqda makula-papulyoz toshmalar avval quloq orqasi, yuzga
toshib, keyin 2-3 kun davomida tanaga va qo’l-oyoqlarga tarqaladi. Keyin toshma
yana 2-3 kun davomida shu tartibda quloq orqasidan boshlab, keyin tana, qo’l-
oyoqlarda yo’qoladi, o’rnida och jigarrang pigmentatsiya qoldiradi. Qizamiq
toshmasidan keyin terining qipiqsimon to’qilishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |