xajmdagi qattiq, bo’shliqsiz element bo’lib, teri ustidan ko’tarilib turadi. Uning
asosini yallig’lanish jarayonida hosil bo’lgan infiltrat tashkil etib, u dermaning
chuqur qavatida joylashgan bo’ladi. Bo’rtmachani papuladan farqi, orqaga qaytish
jarayonida nekrozga uchrab, o’rnida chandiq, yara qoldiradi. Bo’rtmacha sil, qizil
47
Tuguncha (nodus) - teri ustidan ko’tarilib turgan yoki teri qavatlari orasiga
joylashgan, 10 mm yoki undan katta xajmdagi qattiq tuzilma bo’lib, terida yoki teri
osti qavatida xujayralar infiltratini yig’ilishidan paydo bo’ladi. Tuguncha
keyinchalik yaraga, chandiqqa aylanishi mumkin. Ko’k-qizg’ish, ushlaganda
og’riqli tugunchaga - tugunchali eritema deyiladi. Yallig’lanish jarayonisiz
tuguncha terini o’sma (fibroma, lipoma) kasalligida kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: