O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Qipiqsimon tangachali qoplama (sguama)
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
bolalar teri teri osti yog qavati propedevtikasi.
Qipiqsimon tangachali qoplama (sguama) - epidermis muguz qavatining
to’g’ilishidan paydo bo’ladi. To’kilayotgan qoplama har hil kattalikda bo’lishi mumkin: 5 mm dan katta bo’lsa yaproqsimon, 1-5 mm oralig’ida bo’lsa plastinkasimon, juda mayda bo’lsa - qipiqsimon teri to’qilishi deyiladi. Teri to’qilishi qizamiq, skarlatinadan tashqari, seboreya va psoriazda kuzatiladi. Maksimal ball - 10 ball 23. Teri osti yog’ qavatining qalinligini quyidagi tartibda aniqlanadi. O’ng qo’lni bosh va ko’rsatkich barmog’i bilan teri va teri osti yog’ qavatini qo’shib burma hosil qilib ushlanadi: avval yuzda - lunj atrofida, ko’krakda - to’sh suyagining chekkasida, kuraklar orasida, yelkaning tashqi va orqa yuzasida, qorinda - kindik atrofida va undan tashqarida, sonning ichki yuzasida. 3 yoshgacha bo’lgan sog’lom bolalarda teri osti yog’ qavati qalinligi quyidagicha: " yuzda - lunj sohasida - 2-2,5 sm, " qorinda - kindik sohasida - 1-2 sm, " tanada, o’mrov va kurak suyaklari sohasi ostida 1-2 sm, " yelkaning orqa va tashqi sohasida 1-2 sm, " sonning ichki sohasida - 3-4 sm. Teri osti yog’ qavatining qalinligi 5 yoshdan katta bolalarda kaliper yordamida to’rt teri burmasi: biseps ustida, triseps ustida, kurak suyagi ostida, yonbosh suyagi ustida o’lchanib, ular yig’indisiga qarab baholanadi. Maksimal ball - 10 ball 49
24. Yog’ning kam to’planishi (ozishlik) oqsil-energetik yetishmovchilikda kuzatiladi. Oqsil-energetik yetishmovchilikning birinchi darajasi tananing og’irligi 10-12% kamayib, yog’ qavati - qorinda, ko’krakda kamayadi va tarangligi susayadi. 2 darajasida - tananing og’irligini 15-30% kamayadi. Yog’ to’qimasi tanada va oyoq-qo’llarda kamayadi. 3 darajasida tananing og’irligi 30% va undan ko’proq kamayadi, yog’ to’qimasi hamma yerdan, shuningdek, yuzdan va qov supachasidan ham yo’qoladi. Maksimal ball - 10 ball 25. Paypaslaganda teri osti yog’ qavatini konsistentsiyasiga ahamiyat berish lozim. Paypaslab tekshirilganda teri osti yog’ qavatining ayrim joylari yoki hamma yerda qattiqlashish-sklerema bor yo’qligi aniqlanadi. Skleredemada teri ostining qattiqlanishi bilan birga shish ham bo’lib, barmoq bilan bosilganda chuqurcha hosil bo’ladi. Ko’pincha sklerema va skleredema chala tug’ilgan bolalarda, sovuq harorat yoki suv yo’qotish ta’sirida, og’ir kasalliklarda (tug’ma infektsiya, miyaga qon quyulishida) kuzatiladi. Maksimal ball - 10 ball
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling