6.2. Tahliliy qism
Vaziyatli masala:
Topshiriq № 1.
4 oylik bola. TTV - 3000 g, BU - 50 sm. Hozirgi TV - 4200, BU - 58,5 sm.
Bola juda lanj, harakatsiz, kechasi bezovta, ishtahasi yo’q, jismoniy va asab- ruhiy
rivojlanishda orqada qolmoqda. Bolaning ko’rinishi qari cholni eslatadi. Terisi
oqimtir - sariqlik va yer rangi bilan, quruq, pigmentasiyalar bor. Teri burmalari
to’g’rilanmaydi. Tananing barcha qismlarida teri osti yog’ qavati yo’qolgan.
Chulitskaya indekсi 4 sm (-).
Bolani holatiga baho bering.
Javob: oqsil-energetik yetishmovchilikni III darajasi.
Topshiriq № 2.
9 oylik bola. TV 9000 g, BU 72 sm. Onasining gapiga ko’ra bolaning badanida
isib ketganidan mayda nuqtali to’q pushti rangli, papula shaklida toshma toshgan.
So’ngra vezikulalar ham paydo bo’lgan. Terisi qizargan va qichish bezovta qila
boshlagan.
Bolaning holatiga baho bering
Do'stlaringiz bilan baham: |