Mustaqil tayyorlanish uchun o‘quv adabiyotlar:
1. I.K. Tsitovich. Kurs analiticheskoy ximii. M.,1985,282 b.
2. A.V.Babkov, G.N.Gorshkova, A.M.Kononov. Praktikum po obshey ximii s elementami
kolichestvennogo analiza. M.,1976, 142 b.
3. V.N.Alekseev. Kolichestvennыy analiz. M.,1972., 395 b.
AMALIY MASHG‘ULOT № 6.
ERITMALARNING KOLLIGATIV XOSSALARI
Mashg‘ulotning maqsadi: Eritmalarning kolligativ xossalari, osmotik bosimi haqida
malumotga ega bo‘lib, biologik suyuqliklar va dorivor preparatlar eritmalarining osmotik bosimini
miqdorini hisoblashni o‘rganish.
O‘rganilayotgan mavzuning ahamiyati. Osmos hodisasi o‘simlik va tirik organizmlar
hayotida katta rol’ o‘ynaydi. Hujayra yuzasi va organizm to‘qimalari qobiqlari yarim o‘tkazgich
membrana xossalariga ega. Osmotik bosim organizm ichida eng muhim omil bo‘lib, uning turli
qismlarida suv taqsimotini belgilaydi, uning qiymati doimiydir. U organizmdagi oziq-ovqat
mahsulotlari so‘rilishi va yutilishiga yordam beradi.
Odam qonida va boshqa biologik suyuqliklarda osmotik bosim doimiyligi taminlanib turadi.
Tana harorati 37
0
S bo‘lganda qonning osmotik bosim qiymati 740-780 kPa (7,7atm.) oralig‘ida
bo‘ladi. Bosimning bunday qiymati turli moddalarning qondagi miqdoriga bog‘liqdir.
Biologik suyuqliklar osmotik bosimi qiymatini buzmaslik uchun odam va hayvon
organizmiga katta hajmda faqat izotonik eritmalar quyish mumkin. Gipertonik eritmalar sudurgi
va shamollash jarayonida inektsiya xolida ishlatiladi, gipotonik eritmalar esa ishlatilmaydi.
Mavzuni chuqur o‘zlashtirgan xolda dorivor preparatlar eritmalari va turli biologik
suyuqliklar osmotik bosimini, konsentratsiyasini va boshqalarni aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |