Mustaqil tayyorlanish uchun adabiyotlar:
1. N.A.Alekseev. Kolichestvennыy analiz. M., 1972, 296 bet.
2. N.A.Sitovich. Kurs analiticheskoy ximii. M., 1985, 249 bet.
3. A.V.Babkov, G.N.Goroshkova, A.M.Kononov. Praktikum po obshey ximii s elementami kolichestvennogo
analiza. M., 1978, 109 bet.
AMALIY MASHG‘ULOT № 4.
OKSIDLANISH-QAYTARILISH USULI BILAN TITRLASH.
PERMANGANATOMETRIYA
Mashg‘ulotning
maqsadi. Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarining borish qonuniyatlarini
bilgan holda biologik obektlar va dorivor preparatlar hamda sanitariya-gigiena xarakteriga ega
bo‘lgan obektlarni permaganatometriya usulida aniqlash.
O‘rganilayotgan mavzuning ahamiyati. Oksidlanish-qaytarilish usuli dorivor
preparatlarni klinik va sanitariya-gigena jihatidan tekshirishda keng ishlatiladi. Kaliy
permagantning yuqori oksidlovchilik xususiyatidan foydalangan holda uni biologik obektlarda
qaytaruvchilarni aniqlashda qo‘llash mumkin. Masalan, permaganatometriya usuli bilan siydikdagi
siydik kislotasi miqdorini, qon zardobida kal’tsiy ionining miqdorinini, qonda qand moddasini,
qondagi katalaza fermenti aktivligini va boshqalarni aniqlash mumkin. Kaliy permanganatning
oksidlovchilik xossasidan tibbiy amaliyotda keng foydalaniladi. Uning 0,1-0,55% li suvli eritmasi
yaralarni yuvish uchun antiseptik vosita sifatida, 0,01-0,1% li eritmasi og‘iz va tomoqni chayish
uchun, 0,02-0,1% li eritmasi esa zaharlanganda medani chayish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |