O‘rganilayotgan mavzuning ahamiyati. Kislota-asosli titrlash usuli tibbiy-biologik tekshiruvlarda klinik
analizlar o‘tkazish, oziq-ovqat mahsulotlari va suvning sanitariya-gigiena holatini tekshirish, dori shakllari va
preparatlarini analiz qilishda qo‘llaniladi. Bu usul bilan eritmalarda kislotalar, ishqorlar va gidrolizlanganda
kislotali yoki ishqoriy muhit hosil qiluvchi tuzlar miqdorini aniqlash mumkin. Masalan, bu usul bilan meda
shirasi, siydik va boshqa biologik suyuqliklar kislotaliligi tekshiriladi. Dorivor preparatlar sifatida ishlatiladigan
xlorid, sul’fat, borat va ko‘pchilik organik kislota eritmalari miqdoriy analiz qilinadi. Sanitariya-gigiena jihatdan
tekshirilganda oziq-ovqat mahsulotlarining kislotaliligi, suvning qattiqligi va boshqalar aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |