O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi
Download 464.39 Kb. Pdf ko'rish
|
bioanorganik va bioorganik kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.Qattiq moddalardan namuna olish usuli bilan buyurilgan konsentratsiyali eritma tayyorlash.
LABORATORIYА ISHI Amaliy qism: Tajriba 1. Berilgan konsentratsiyada eritmalar tayyorlash.
Berilgan konsentratsiyada eritma tayyorlash uch xil usulda olib boriladi: I. Qattiq moddadan namuna olish usuli. II. Konsentrlangan eritmalarni suyultirish usuli. III. Fiksanallardan foydalanish usuli. I.Qattiq moddalardan namuna olish usuli bilan buyurilgan konsentratsiyali eritma tayyorlash. O‘qituvchidan qaysi tuzdan necha foizli eritma tayyorlash to‘g‘risidagi topshiriqni olgandan so‘ng, ishni quyidagi tartibda bajariladi. 1. Eritma tayyorlash uchun qancha tuz kerakligini hisoblab uni 0,01g gacha aniqlik bilan tortib olinadi.
4 2. Suv massasini uning hajmiga teng deb hisoblab, kerakli suvni o‘lchov tsilindrda o‘lchab olinadi va uni tuz solingan stakan yoki kolbaga quyiladi. 3.Stakandagi tuz to‘liq erib ketguncha eritmaning uchi rezinkali shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi. Erish jarayonida eritmaning qizishi yoki sovishi kuzatilsa, eritmani xona xaroratiga kelguncha kutiladi. 4. Eritmani quruk o‘lchov tsilindrga quyib, areometr bilan zichligini o‘lchanadi. O‘lchangan zichlikka mos keladigan eritmaning foizli konsentratsiyasini jadvaldan topiladi. 5. Eritma tayyorlashda yo‘l qo‘ygan hatolik quyidagi formula orqali hisoblanadi:
% xato = naz amaliy naz W W W 100
) ( ⋅ −
6. Tayyorlangan eritmaning molyar, ekvivalent molyar va molyal konsentratsiyalari xisoblanadi. II. Konsentrlangan eritmalarni suyultirish usuli bilan berilgan konsentratsiyali eritma tayyorlash.
1. Menzurkaga berilgan sul’fat kislotasidan quyib, areometr yordamida uning zichligi aniqlanadi va ilovada berilgan jadvaldan foydalanib aniqlangan zichlikka to‘g‘ri keladigan foizli konsentratsiyasi aniqlaniladi. 2. 100,00 ml 0,1000 mol/l H 2 SO 4 eritmasini tayyorlash uchun berilgan kislotadan qancha hajm olinishi hisoblanadi. 3. H 2 SO
ni hisoblangan hajmini kichkina menzurkada o‘lchab olinadi va uni yarmigacha distillangan suv kuyilgan 100,00 ml li ulchov kolbasiga voronka yordamida asta-sekin quyiladi. O‘lchov kolbasidagi aralashma xona haroratigacha sovitilib, ehtiyotlik bilan kolbaning belgisigacha yana suv quyiladi. O‘lchov kolbasi mahkam berkitilib, bir necha marta aralashtirilgach, tayyor bo‘lgan eritmani laborantga topshiriladi.
Download 464.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling